Musobaqa va tadbirlar

O’quvchilarni faol bo’lishga undash – bu har bir o’qituvchining eng muhim va ba’zan eng murakkab vazifalaridan biridir. Shu sababli O’zbekistondagi Gyote-Instituti o’tkazayotgan turli madaniy tadbirlar va konkurslari haqida ma’lumotlarni taqdim etadi va ular Sizga o’quvchilaringizning nemis tiliga qiziqishini kuchaytirishga yordam beradi va nemis tilini o’rganish yanada ko’proq zavq va quvonch bag’ishlaydi degan umiddamiz.
  • Xalqaro nemis tili olimpiadasi

    IDO 2026

    Nemis tilini o‘rganish bo‘yicha eng yirik tanlovning finali 60 ga yaqin mamlakatdan yosh til ixlosmandlarini birlashtiradi. Ularning Mannheim 2026 uchun shiori: «Birgalikda o‘sish».
     

    IDO 2026 © Goethe-Institut © Goethe-Institut

  • Germaniyada oliy ta'lim

    Bildungs-Pingpong

    O'zbekistondagi Gyote-Instituti Sizni Bildungs-Pingpong onlayn platformasiga a'zo bo'lishga taklif qiladi. Siz u yerda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

    Banner Bildungs-Pingpong © Goethe-Institut © Goethe-Institut

2026

  • Nemis tili o‘qituvchilari tajriba almashinuvida

    Mobil anjuman

    Gyote-Institut O‘zbekistonning turli hududlaridan nemis tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi mobil konferensiyani tashkil etadi. Ushbu format ta’limiy loyihalarni kengaytirishga va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani Buxoroda © Goethe-Institut Usbekistan © Goethe-Institut Usbekistan

Bizni kuzatib boring