Goethe-Zertifikat B1

Goethe-Zertifikat B1 Foto: Getty Images/DexImage

Sizning xohishingiz...

  • Germaniyada Studienkollegda o'qish
  • Germaniyada yashash va ishlash
  • B1 bosqichidagi bilimlaringizni tasdiqlashrasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

Goethe-Zertifikat B1 – bu o'smirlar va kattalar uchun nemis tili imtihoni. U nemis tilidan mustaqil foydalanishni tasdiqlaydi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha uchinchi (B1) bosqichiga to'g'ri keladi. 

Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...

  • aniq adabiy til ishlatilganida va o'zingizga tanish bo'lgan mavzular ya'ni ish, maktab, bo'sh vaqt va hokazolar haqida gap borganida, Siz gapning mag'zini tushuna olasiz.
  • Nemiszabon mamlakatlariga sayohat vaqtida uchraydigan aksariyat vaziyatlarning uddasidan chiqa olasiz.
  • Siz tanish mavzular va shaxsiy qiziqishlaringiz to'g'risida oddiy va gapni gapga ulab so'zlab bera olasiz.
  • Tajribangiz va bo'lgan voqealarni aytib bera olasiz, orzu, umid va maqsadlaringizni ta'riflay olasiz va ularga qisqacha asoslar va tushuntirishlar bera olasiz.

You have disabled JavaScript in your browser settings. Please enable JavaScript to see the courses again.

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.


Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
 tanzilya.gafurova@goethe.de bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda Siz onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay hamda interfaol mashqlarni topasiz.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat B1“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz: