Oʻzbekistondagi Goethe-Instituti 12 yildan buyon Germaniyaning Kemnits shahridagi mashhur “Schlingel” Xalqaro Kino Festivali va boshqa mahalliy hamda mintaqaviy hamkorlar bilan birgalikda bolalar va o‘smirlar uchun “Shum Bola” kino festivalini taqdim etib kelmoqda. Joriy yilda festival Farg‘ona va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Festivalda namoyish etiladigan filmlar “Schlingel” kino festivalining amaldagi katalogidan tanlab olingan. Festival kuratori Kemnits shahridagi kino festivalining direktori – Mixael Xarbauyer hisoblanadi.
Barcha filmlar o‘zbek va rus tillariga dublyaj qilingan yoki nemis tilida o‘zbekcha va ruscha subtitrlar bilan taqdim etiladi. Ushbu filmlar madaniy xilma-xillik, ijtimoiy adolat, gender masalalari, shaxsiy identifikatsiya hamda insonlararo munosabatlar kabi dolzarb ijtimoiy mavzularni yoritadi.
Mazkur filmlar yosh tomoshabinlarga ko‘p qirrali dunyoqarash, yangi imkoniyatlar va shaxsiy rivojlanish haqida muhim fikrlarni yetkazadi. Ular filmlardagi qahramonlar orqali o‘zlarini ko‘rishlari va hayotiy hikoyalari bilan bog‘liq jihatlarni his qilishlari mumkin.
“Shum Bola” kino festivalining 2025-yilgi dasturi: