Goethe-Zertifikat B2
Das Goethe-Zertifikat B2 ist eine Deutschprüfung für Jugendliche und Erwachsene. U til bilimi o‘rta darajada ekanligini tasdiqlaydi va Til bilish bo’yicha umumyevropa (GER) standartida ta’riflangan olti bosqichli shkalaning to’rtinchi (B2) bosqichiga to’g’ri keladi.
Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...
- Siz aniq va mavxum mavzularga tegishli murakkab matnlarning asosiy mazmunini tushunasiz va o'z mutaxassisligingiz bo'yicha maxsus bahs-munozaralarni ham tushuna olasiz.
- Siz o'z fikringizni shunchalik spontan va ravon ifodalay olasizki, til sohiblari bilan suhbat qurishingiz mumkin va bu suhbat ikkala taraf uchun katta qiyinchiliklarsiz kechadi.
- Siz keng doiradagi mavzularda o'z fikringizni aniq va batafsil ifodalay olasiz, biror dolzarb masala bo'yicha o'z nuqtai nazaringizni tushuntirib va har xil imkoniyatlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsatib bera olasiz.
![]() |
*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.
Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.
TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.
Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish