TestDaF
TestDaF – bu yuqori darajali til bilimlari imtihoni. U Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha chet tilini bilish darajasining B2 dan C1 gacha bosqichlarini qamrab oladi.
Agar Siz TestDaF imtihonini topshirib, uning barcha to'rtta qismida TestDaF-ning 4-darajasiga erishgan bo'lsangiz, mazkur sertifikat Germaniya oliy o'quv yurtilarida deyarli barcha fan va mutaxassiliklar bo'yicha o'qishga qabul qilinish uchun yetarli til bilimlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Bundan tashqari TestDaF til imtihoni xalqaro tan olingan hujjat bo'lib, Sizning nemis tili bilimlaringiz ilmiy loyihalar va oliy o'quv yurtilarda o'qitiladigan kasblar uchun yetarliligini tasdiqlaydi.
Bu imtihon uchun maxsus fanlar bo'yicha bilimlar talab qilinmaydi.
Butun dunyoda vakillarimiz bor
Siz TestDaF imtihonini lisenziyalangan test markazlarida topshirishingiz mumkin. Hozirgi paytda TestDaF imtihonini taklif qilayotgan taxminan 450 test markazlari bor. Bu yerda Siz Germaniya va butun dunyodagi test markazlarini izlab topishingiz mumkin:
test markazlari Germaniyada
Testzentren
PRÜFUNGSTERMINE
Die TestDaF-Prüfungsgebühr beträgt 100,- Euro. Die Zahlung erfolgt bei der Anmeldung unter www.testdaf.de per Kreditkarte (Visa oder Mastercard).
TERMIN | ANMELDEFRIST | PREIS |
13.09.2022 digital | 09.08. - 05.09.2022 | 100,- Euro |
13.10.2022 papierbasiert | 18.08. - 15.09.2022 | 100,- Euro |
10.11.2022 digital | 18.08 - 02.11.2022 | 100,- Euro |
Link auf Anmeldeformular
Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali
Yarmukhammedova.Nozima.extern@goethe.de bog'lanishingizni so'raymiz.
Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish