GameDev Goethe 2025
O'yinlarni rivojlantirish inkubatori

GameDev Goethe 2025 © Goethe-Institut Usbekistan

 

Gʻoyadan oʻyinga – Gyote-Institutida oʻyin yaratish jarayonini qoʻllab-quvvatlash

GameDev Goethe - 2020-yildan buyon O‘zbekiston bo‘ylab yosh dasturchilarni birlashtiruvchi innovatsion o‘yin yaratish inkubatoridir. Loyiha O‘zbekistondagi Gyote-Instituti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, o‘yin yaratish sohasida ijodiy, texnik va madaniy qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy platforma sifatida o‘zini ko‘rsatdi.

60 dan ortiq g‘oya taqdim etilgan va 26 ta o‘yin namoyish qilingan muvaffaqiyatli 2024-yildan so‘ng, GameDev Goethe 2025 yangi mavzu bilan boshlanmoqda: "Eco Games" - ekologik masalalar, barqaror rivojlanish va atrof-muhitga ongli munosabatga bag‘ishlangan o’yinlar yaratish.

2025-yilda Sizni qanday yangiliklar kutmoqda?
"Eco Games" mavzusi: ishtirokchilar ekologik muammolar haqida ijodiy va qiziqarli tarzda yoritib beruvchi o‘yinlar yaratishadi.
DemoDay va ko‘rgazma: 2025-yil 9-noyabr kuni Toshkentdagi Gyote-Institutida katta ko‘rgazma o‘tkaziladi. Unda professional hakamlar hay’ati baholaydigan 20 dan ortiq o‘yin namoyish etiladi.
G‘oliblarni taqdirlash: eng yaxshi o‘yinlar qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
 O'yin yaratish studiyalari bilan aloqalar: o’yin yaratuvchilar xalqaro o‘yin studiyalari vakillari bilan muloqot qilish va ulardan fikr-mulohaza olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mahorat darslari va mentorlik: VR-dasturlash, murakkab o‘yin mexanikasi, UI/UX-dizayn mavzulari bo‘yicha ilg‘or treninglar, shuningdek, tajribali mentorlardan shaxsiy yordam.
Xilma-xillik va inklyuzivlik: qizlar va yosh ayollar uchun maxsus dasturlar o‘yin sanoatidagi ishtirok va xilma-xillikni rag‘batlantiradi.
Hamjamiyatni rivojlantirish: muntazam uchrashuvlar, Game-Jam’lar va onlayn formatlar O‘zbekistondagi GameDev hamjamiyatini mustahkamlaydi.

Ishtirok eting va qo‘llab-quvvatlang
GameDev Goethe ta’lim, texnologiya va madaniyat sohasidagi hamkorlar bilan birgalikda rivojlanmoqda. Agar Siz loyihani qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lsangiz mentor, homiy yoki hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etishni istasangiz - bizga murojaat qiling:
Gavhar Zakirova - gavhar.sakirova@goethe.de
Akmal Solihov - Telegram: @salihoff

Bizni kuzatib boring