Sifat standartlari

Spracharbeit Berlin Lateinamerika Foto: Goethe-Institut/ Sonja Tobias

Sifat. Biz uchun nihoyatda muhim so`z

Chet tili imtihonlariga yuqori maxsus talablar qo`yiladi. Gyote Instituti o`z nomi, o`z sifatni ta`minlash tizimi hamda uzoq yillik tarjibasi bilan bu talablar bajarilishini kafolatlaydi.

Test vazifalarini til o`qitish va imtihon o`tkazish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar ishlab chiqishadi. Yakuniy redaksiya esa Myunxen shaxridagi Gyote Institutining markaziy idorasida amalga oshiriladi. Qo`llanishdan oldin barcha imtihon materiallari imtihon sharoitlarida sinab ko`riladi va natijalari sifat va miqdor jihatidan tahlil qilinadi. Imtihon oluvchi shaxslar markazlashtirilgan va mahalliy seminarlarda tayyorlanadi va malakasini oshirishadi.

Yaxshi sifatni nimadan bilsa bo`ladi:

Odillik

Imtihonlar har bir kishi uchun imkon qadar odil – ya`ni jinsi, millati yoki imkoniyati cheklanganligidan qat`iy nazar bo`lishi lozim.

Haqqoniylik

Til imtihoni natijasini diqqatni bir yerga to`plash qobiliyati, aql-zakovat yoki umumiy saviya emas, balki faqatgina lisoniy qobiliyatlar belgilashi lozim.

ISHONCHLILIK

Imtihonni baholashda ikki nafar imtihon oluvchi shaxs ishtiroki orqali biz yuqori ishonchlilik darajasini ta`minlaymiz.

Qulaylik

Biz imtihonlarimizni takomillashtirish, ya`ni test davom etish vaqti, zamonaviy taxnikadan foydalanish hamda umumiy shart-sharoitlarini yaxshilash ustida doim ishlaymiz.

Bir xil sifat mezonlari:

„Association of Language Testers in Europe“ (ALTE), y`ani „Yevropada til bilimlarini tekshiruvchilarining uyushmasi“ ta`sischilaridan biri sifatida biz sifat standartlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishining tarafdorimiz.
 
„ALTE“ o`z oldiga quyidagi maqsadlarni qo`ygan:

  • til setifikatlarini Yevropada xalqaro tan olinishi uchun bilim darajalarini birxillashtirish.
  • Imtihon ishlab chiqish va o`tkazishning barcha bosqichlari uchun sifat mezonlarini birxillashtirish, ya`ni testning tuzilishi, imtihon o`tkazilishi, baholash, sertifikatlash, natijalarni tahlil qilish va saqlab olish.
  • Qo`shma loyihalar doirasida hamkorlik qilish hamda tajriba va maxsus bilimlar bilan almashish.
2003 yilda „ALTE“ nodavlat notijorat tashkiloti (NGO) sifatida Yevropa Kengshiga qabul qilindi va mazkur Kengashga til bilimlarini aniqlash va sertifikatlash masalalari bo`yicha maslahat beradi. Qolaversa, 2006 yilda „ALTE“ Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida maslahat beruvchi tashkilot maqomini oldi.