Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Chiqindini saralash qoidalari

Chiqindi saralash qoidalari
© GettyImages

Hurmatli til kurslarimiz Tinglovchilari,

Goethe-Institut endilikda "Yashil Institut" ekanligi haqida ehtimol eshitgandirsiz.
Bizning maqsadimiz - atrofimizni o'rab turgan tabiatni asrash va u haqda g'amxo'rlik qilish imkonini beruvchi yangi madaniyatni shakllantirishdir. 
Shu sababli institutimizda amal qilayotgan ma'lum qoidalarga Sizning ham amal qilishingizni so'raymiz.

Juda muhim:

  • Suv, elektr energiyasi va qog'ozni tejash;
  • Chiqindilarni yo'riqnomaga asosan saralab tashlash;
  • Institut hududida tozalikka amal qilish;
  • "Safia" kafesida belgilangan qoidalarga amal qilish.

Bularga amal qilish uchun Siz quyidagi 3  qadamni o'tishingiz lozim:
  1. Ushbu video qo'llanma bilan tanishib chiqish;
  2. Quyidagi havola orqali chiqindilarni saralab tashlashga oid yo'riqnoma bilan yahshilab tanishib chiqish (Qulay bo'lishi uchun yo'riqnomani telefoningizga yuklab olishingiz mumkin); Ko'rsatma
  3. Havola orqali berilgan test savollariga javob berish. Bu Sizning qoidalar bilan tanishib chiqqanligingizga ishonch hosil qilishimiz uchun muhimdir.

Plastik va qog'oz qutilarga nima tashlash kerak:

Plastik:
  • PET suv qadoqlari (baklajka)
Qog'oz:
  • Karton qutilar;
  • A4 qog'oz, bloknotlar;
  • Flyerlar, broshyura-varaqalar;
  • Qog'oz qadoq va sumkalari.

Saralashda quyidagi qoidalarga e'tibor bering:
  • Qadoqlardagi barcha oziq-ovqat qoldiqlarini va suyuqliklarni olib tashlang, kichik qilib qatlab va shundan keyingina uni saralash qutisiga tashlang;
  • Qog'ozdan qisqichlarni, yopishqoq lenta va plastik qismlarni olib tashlang.

Quyidagilarni plastik va qog'oz qutilarga tashlash MUMKIN EMAS:
  • Oziq-ovqat mahsuloti bor qadoqlar;
  • Suyuqligi bor suv idishlari;
  • Alyuminiy qutilar;
  • Chips, shokolad qadoqlari;
  • Nam salfetkalar.