Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Kasbga yo'naltirish: IT-soha© Goethe-Institut Usbekistan

Kasbga yo'naltirish: IT-soha

2023 yil 11-12 dekabr kunlari Farg’ona viloyatining Marg’ilon va Farg'ona shaharlarida o’quvchilar, nemis tili va texnologiya fani o'qituvchilari va maktab psihologlari uchun „Kasbga yo'naltirish va nemis tili“ loyihasi doirasida "Maktablarda kasbga yo'naltirish: IT-sohasidagi kasblar“ mavzusida bir qator mahorat darslari bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi o'quvchi yoshlarni IT-sohasidagi kasblar bilan yaqindan tanishtirish, ularda ushbu sohaga qiziqish uyg'otishdan iboratdir. 

Kasbiy ta'lim: IT-soha © Goethe-Institut Usbekistan 11.12.2023 sanasida Marg'ilon shahrida bo'lib o'tgan tadbirga ishtirok etish uchun Farg’ona viloyatining nemis tili o’qituvchilari va ularning o‘quvchilari taklif etildi.
12.12.2023 sanasida esa Farg'ona shaxrida bo'lib o'tgan tadbirga Farg'ona shaxridagi umumta'lim maktablarning psixologlari va mehnat o'qituvchilari, hamda maktab o'quvchilari taklif etildi.

Ikki kun davomida o’quvchilar IT-sohasidagi kasb egalari tomonidan o'tkazilgan "IT-kasblari VR-simulatorda", "Dasturlashni o'rganamiz" "Mobil ilova yaratish" kabi bir qator mahorat darslarida ishtirok etdilar va  ushbu soha vakillariga o'z savollari bilan murojaat qilish, ulardan foydali maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O'zbekistondagi Gyote-Insittuti Ta’lim sohasida hamkorlik va Axborot va Kutubxona bo’limlari tomonidan tashkil etildi.

Kasbga yo'naltirish: IT- soha © Goethe-Institut Usbekistan O’zbekistondagi Gyote Instituti Farg’ona viloyatidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilari va ularning o’quvchilarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif etdi.