2015 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Kelajak to'g'risida shartnoma" ni qabul qildi. Shartnoma doirasida ishlab chiqilgan 17 maqsad, dunyo va kelajakning yaxshi tomonga o´zgarishi, hayotning barcha muhim sohalaridagi yuksalish va barcha insonlar uchun barqaror yaxshi hayotni ta´minlashga qaratilgan.
Ushbu 17 maqsad muassasalar va tashkilotlarni xamda ta'lim muassasalarini va oddiy odamlarni o'zgarishiga, dunyoni yashashga qulay qilishga va resurslarni himoya qilishga undaydi. Su qatorda bolalar ham dunyomizni yanada yaxshilashga va rivojlanishiga o´z hissalarini qo'shishlari mumkin. Bugun ular dunyodagi bolalar bilan nafaqat o´z ona tillarida, balki chet tilida ham fikr almashish imkoniyatiga egalar.
Ba'zi maqsadlar chet tilini o'rganish uchun to´g´ri keladigan mavzularni o´z ichiga oladi. Bugungi kunda biz bilamizki,fan va texnika sohalari bolalarning tilni egallashiga juda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalar uchun asosiy e'tibor o´rganiladigan mavzularga qaratilgan. Chunki ular kundalik hayotdan yoki maktab darslaridan olgan bilimlaridan kundalik hayotda foydalanadilar. Va shu bilan bir qatorda ular yangi tilni xam o'rganadilar.
