Xalqaro nemis tili olimpiadasi 2026
Mazkur musobaqa dunyo bo'ylab maktablarda nemis tilini o’rganayotgan 13 millionga yaqin o’quvchilarni bellashuvga chorlaydi. 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq nemis tili o‘rganuvchilar 60 dan ortiq ishtirokchi-mamlakatlarda dastlab milliy saralash bosqichida qatnashadilar va yuqori natijalarni qo’lga kiritgan o‘quvchilar 2026 yilning yozida xalqaro nemis tili olimpiadasi tomon Manhaymga yo‘l oladilar. Shuningdek o’quvchilarga hamrohlik qiluvchi faol o'qituvchilar uchun Manhaymda olimpiada doirasida didaktik va uslubiy mavzular bo'yicha seminarlar tashkil etiladi.
Olimpiada ishtirokchilari mamlakat doirasida bo'lib o’tadigan bilimlar bellashuvida g’olib sifatida aniqlanganidan so‘ng Germaniyada bo’lib o’tadigan final bosqichida o'z mamlakatlari sharafini himoya qiladilar. Unda milliy saralash bosqichlarining g‘oliblari uch xil til bilish darajalari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bellashadilar. Bu yerda nafaqat til bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiya va xalqaro guruhlarda ishlay olish qobiliyati ham talab qilinadi. Ishtirokchilarning alohida shakldagi va jamoaviy natijalari xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.
O‘zbekiston vakillari Xalqaro nemis tili olimpiadasi 2026 g‘oliblari qatoridan joy oldi
Mannheim shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) 2026da O‘zbekiston vakillari yuksak natijalarga erishib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) 2026, nemis tilini o‘rganuvchilar uchun dunyodagi eng yirik tanlov, 2026-yil 13-22-iyul kunlari Mannheim shahrida bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada dunyoning 66 mamlakatidan 115 nafar o‘quvchi ishtirok etib, o‘zlarining nemis tili bo‘yicha bilimlari, ijodkorligi va madaniyatlararo kompetensiyalarini namoyish etdilar.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada yana bir bor yuqori natijalarga erishib, mamlakatimizni xalqaro maydonda munosib himoya qildi.
2026-yilda Mannxaymda bo'lib o'tadigan Xalqaro nemis olimpiadasining A2, B1 va B2 darajalaridagi barcha oltin, kumush va bronza medallari sohiblari Chapdan o'ngga: Martin Granec (Slovakiya), Saul Wheeler (kumush B1 – Birlashgan Qirollik), Misheel Bayarbat (Mo'g'uliston), Mark Yuri Afanasiev (kumush A2 – Kanada), Marjona Ibadulayeva (O'zbekiston), José Emiliano Pillado Aguilar (Bronza A2 – Meksika), Olimbek Baxtiyorov (Bronza B1 – O'zbekiston), Teji Gaprindashvili (Bronza B2 – Gruziya), Petr Malý (Kumush B2 – Chexiya Respublikasi) | © Goethe-Institut / Andreas Dahn
Ayniqsa, Samarqand shahridagi 51-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Marjona Ibadulayeva katta muvaffaqiyatga erishdi. U A2 darajasi bo‘yicha kuchli xalqaro raqobatchilarni ortda qoldirib, oltin medal va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yana bir muhim yutuqqa Urganch shahridagi 19-son PASCH maktabining 10-sinf o‘quvchisi Olimbek Baxtiyorov erishdi. U B1 darajasi bo‘yicha 3-o‘rin va bronza medal sohibiga aylandi.
PASCH maktablarining ushbu ikki nafar o‘quvchisi erishgan yutuqlar O‘zbekistondagi yoshlarning nemis tilini yuqori darajada o‘zlashtirayotgani, ularning iste’dodi, mehnatsevarligi va intilishi xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganining yorqin dalilidir.
Marjona Ibadulayeva va Olimbek Baxtiyorovni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.