Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Studierende lernen gemeinsam© fotolia/Foto: Jacob Lund

Germaniya Oliygohlariga Ko'prik

Germaniya universitetlarida taxsil olish imkoniyati


Germaniya xorijiy talabalar orasida taxsil olish uchun eng ko'p tanlanadigan mamlakatlar uchtaligiga kiradi. Bu tasodif emas: Germaniya oliy ta’lim muassasalarida (OTM) ta'lim olish – bu eng yuqori darajada sifatli ta'lim olish, O’zbekistonda hamda xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli karyera uchun mustahkam poydevor yaratish, deganidir. „Germaniya universitetlariga ko'prik“ pullik dastur bo'lib, u maktab/litsey/kasb hunar kolledjini bitirgandan so’ng hech qanday qo'shimcha tayyorlov kurslari va qabul imtihonlarisiz Germaniya OTMlarining biriga o'qishga kirish imkonini beradi.

"Germaniya oliygohlariga ko'prik" ta'lim dasturi haqida

 

AXBOROT SOATLARI

   
   


Dastur

„Germaniya oliygohlariga ko‘prik“ ta'lim dasturi Germaniyada taxsil olishga tayyorlovchi quyidagi modullarni o’z ichiga oladi:

Modulning nomlanishi Modul mazmuni
Madaniyatlar aro muloqot bo’yicha trening „Fit für das Studium in Deutschland“ Ushbu onlayn kurs, tyutor muallim hamrohligida olib boriladi. Uning maqsadi,  Germaniyadagi talabalik hayoti va talabar kampusi bilan ishtirokchilarni tanishtirish.
Sohaga yo’naltirilgan til moduli Germaniya universitetlarida sohaga yo’naltirilgan ta’lim olishga tayyorlovchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs. Tanlash uchun 7 ta modul taqdim etiladi (matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, texnika, iqtisodiyot).
TestDaF imtihoniga tayyorlov kursi TestDaF imtihonini topshirishga (modullar «O‘qish», «Tinglab tushunish», «Yozma imtihon», «Og’zaki imtihon»), tayyorlovchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs.
TestAS imtihonining formati bilan tanishtiruvchi kurs TestAS imtihonining formati, tuzilishi, mazmuni va tarkibiy qismlari bilan tanishtiruvchi, tyutor muallim hamrohligida olib boriladigan onlayn kurs.
*TestDaF va TestAS imtihonlari TestDaF – nemis tili bo’yicha xalqaro imtihon bo’lib, u Germaniya universitetlarida taxsil olish uchun zarur til ko’nikmalari mavjudligini tasdiqlab beradi. TestAS – universitetda taxsil olish uchun intelektual jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlab beruvchi standartlashgan imtihondir. U umumiy va sohaviy moduldan iboratdir.

*Dastur ishtirokchilari TestDaF va TestAS imtihonlarini mustaqil topshirishlari kerak. Imtihon to’lovlari dastur uchun to’lov ichiga kiritilmagan. 


Dasturning hamkor universitetlari

  • Boxum Rur-universiteti © Ruhr-Universität Bochum
    Boxum Rur-universiteti
  • Duisburg-Essen universiteti © UDE/Hardy Welsch
    Duisburg-Essen universiteti
  • Dortmund Texnika universiteti © Roland Baege/ TU Dortmund
    Dortmund Texnika universiteti
  • Bonn universiteti © Volker Lannert
    Bonn universiteti
  • Reyn-Vestfaliyadagi Aaxen Texnika universiteti © RWTH Aachen
    Reyn-Vestfaliyadagi Aaxen Texnika universiteti
  • Siegen universiteti © Universität Siegen
    Siegen universiteti
  • Viadrina Evropa universiteti © Europa Universität Viadrina
    Viadrina Evropa universiteti
  • Weimardagi Bauhaus universiteti © Thomas Müller
    Weimardagi Bauhaus universiteti

Dasturning hamkor universitetlari, dasturni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga tabiy va aniq fanlar, shuningdek iqtisodiyot bo'yicha turli ta'lim yo'nalishlarini taklif etadi va har yili ma'lum miqdordagi qabul kvotalarini ajratadi. Universitetlarning keng ko'lamli qo'llab quvvatlash dasturi, ishtirokchilarga Germaniyada taxsil olishni a'lo darajada boshlash imkonini beradi. Hamkor universitetlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Brandenburg va Tyuringen federal yerlarida joylashgan.

Hamkor universitetlar

Gyote-Institutining "Germaniya oliygohlariga ko'prik" ta'lim dasturi


Savollar va javoblar


Dasturda ishtirok etayotgan mamlakatlar

Studienbrücke world map © Goethe-Institut

Aloqa

Dildora Mukhammadaminova © Goethe-Institut Usbekistan G'ayrat Hafizov © Goethe-Institut Usbekistan
Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig’i
Tel. + 998 78 1401470
Faks. +998 78 1401471
dildora.mukhammadaminova@goethe.de
G'ayrat Hafizov
Ta’lim sohasida hamkorlik bo’limi xodimi
Tel. +998 78 1401470
Fax +998 78 1401471
gayrat.khafizov@goethe.de 


Hamkorlar

Dastur homiysi

Auswärtiges Amt