Smartfoningizda Onleihedan foydalanish uchun uning mobil ilovasini App-Store dan yuklab oling.
Ilovani o'rnatib bo’lgach oching.
Onleiheda ro'yxatdan o'tish
Onleihe ilovasi menyusini oching (ekranning yuqori chap tomonida uchta chiziq).
- Kutubxona sifatida Gyote-Institutini tanlang.
- Mein Goethe.de uchun login ma'lumotlaringiz bilan tizimga kiring.
Kitoblarni yuklab olish
Siz endi tizimga kirdingiz! Kitob/filmni qidirish va yuklab olish uchun "Ko’rib chiqish" menyu bandini tanlang.
Foydalanish shartlarini qabul qilish
Kitob/filmni birinchi marta yuklab olayotganingizda, Sizdan avtomatik ravishda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va digital kutubxonadan foydalanish shartlariga rozilik bildirishingiz so'raladi. Iltimos, roziligingizni tasdiqlang.
Adobe-ID
Biz elektron kitob va jurnallarni Onleihe ilovasidagi ichki dastur yordamida o'qishni tavsiya qilamiz! Agar elektron kitoblar va jurnallarni tashqi dasturlar (masalan, Aldiko, BlueFire yoki PocketBook kabi) bilan o'qimoqchi bo'lsangiz, Sizga Adobe ID kerak bo'ladi. Elektron materiallarni birinchi marta yuklab olganingizda, Adobe ID-ni faqat bir marta kiritishingiz kerak bo'ladi. Agar Sizda hali Adobe ID bo'lmasa, uni bepul olishingiz mumkin. Media materiallarni yuklab olish uchun Adobe ID-ni kiritishingiz shart emas.