Germaniya - ixtirochilar yurti
INTERFAOL KO'RGAZMA
Avtomobil, televizor, kompyuter - nemis olimlarining ixtirolari dunyoni o'zgartirdi. Hozirgi vaqtda Germaniya, fan va tadqiqot sohasidagi patentlar va mutaxassislar soni bo'yicha yetakchi uchlikdan biridir. Germaniya tahsil olish, ilmiy izlanishlar olib borishga qiziquvchi boshqa mamlakatlar yoshlari uchun ham ajoyib istiqbollarni ochib beradi.
Fraunhofer jamiyati va Maks Plank jamiyati bilan hamkorlikda Gyote Instituti nemis ixtirochilariga alohida ko'rgazma bag'ishlamoqda.
Ko'rgazma tabiiy fanlardagi inqilobiy ixtirolarga bag'ishlangan. Ham tarixiy kashfiyotlar, ham innovatsion texnologiyalar, shuningdek, Germaniyadagi tadqiqotlar haqida batafsil berish, ko’rgazmaning asosiy maqsadlaridan biridir.
Ko'rgazma yoshlar uchun mo'ljallangan va bepul bo’lib, ikki tilda: nemis va o'zbek tillarida taqdim etiladi.
NEMIS TILI DARSI UCHUN O'QUV MATERIALLARI
Ko'rgazmaga tashrif buyurmoqchimisiz? Ushbu bo'limda siz o'quvchilaringizni ko'rgazmaga tashrif buyurishga tayyorlashingizga yordam beruvchi qo’shimcha materiallar topasiz.