Gyote-Institut yoshlarni VR akademiyasida ishtirok etishga taklif qiladi. Bir haftalik seminar 22 avgustdan 26 avgustgacha Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
|
Bularning barchasi Gyote-Institutining VR Akademiyasidagi bir haftalik "VR Heroes" seminari orqali amalga oshadi. Bu yerda 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar birgalikda yaratgan dunyoning haqiqiy qahramonlariga aylanishadi.
Dastur:
- Qog'ozdan foydalangan holda hikoyalar va kollajlar yaratish texnikasini, ular keyinchalik raqamli makonga o'tkazish;
- Uch o'lchamli ob'ektlar va VR bo'shliqlarini yaratish;
- Musiqadan foydalanish;
- VR ilovalari va VR ko'zoynaklar bilan ishlash;
- O'z avatarini yaratish kabilarni o'z ichiga oladi.
Kurslar ikkita tajribali tyutorlar tomonidan nazorat qilinadi. Bundan tashqari, ishtirokchilar haqiqiy va virtual makonda ularni ilhomlantiradilgan va o'rgatadigan VR ekspertlar, rassomlar, musiqachilar va mediameykerlar bilan uchrashadilar.
Virtual xonalar mavzusini yoshlarning o´zlari tanlaydilar. Seminarlar uchun oldindan bilim talab etilmaydi. Dastur o´zbek, rus va nemis tillarida bo´lib o´tadi.
Vorkshop soat 10:00 dan 16:30 gacha bo´lib o´tadi.
DASTURDA KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI?
- O'zbekistondagi (faqat Toshkent sh.) 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar;
- Ishtirok etish uchun oldindan tayyorgarlik talab etilmaydi;
- Nemis, rus va o´zbek tillari;
- Ishtirok etuvchilar soni 15 nafar;
- Gyote Instituti ovqatlanish, ichimliklar va shuningdek texnika (VR ko'zoynaklar, noutbuklar) bilan ta'minlashni o´z zimmasiga oladi;
- Ishtirok etish bepul.