Gyote institutining O'zbekistondagi filialida buyumlar kutubxonasi - sotib olish o'rniga almashish.
Qisqa muddat uchun sizga velosiped shlemi yoki parmadasta kerakmi? Roliklar yoki gamakdan foydalanib ko‘rishni xohlaysizmi? Tunni ochiq havoda o'tkazmoqchimisiz va oilangiz, do'stlaringiz yoki tanishlaringiz bilan o'zgacha tajribangizni baham ko'rmoqchimisiz? Bularning barchasi va boshqa ko'p narsalarni yangi buyumlar kutubxonasida topish mumkin.
Buyumlar kutubxonasi buyumlardan birgalikda foydalanishning innovatsion, amaliy, iqtisodiy va ekologik xavfsiz usulini taqdim etadi.
Ijaraga olish va baham ko‘rish - har bir kutubxonaga xos bo’lgan ushbu asosiy mezon buyumlar kutubxonasida yanada rivojlantiriladi, ya’ni kitobni ijaraga berish buyumlarni ijaraga berish bilan to'ldiriladi.
Bundan ko’zlangan maqsad kamroq pul sarflash va biz yiliga yoki hayotimiz davomida bir necha marta ishlatadigan buyumlarni sotib olmaslikdan iborat. Shu tariqa, buyumlar kutubxonasi ekologik toza turmush tarzini targ’ib etadi, bu esa o’z o‘rnida kamroq xarid qilish, joy va vaqtni tejashni anglatadi!
Keling va hayratlaning!
Buyumlar kutubxonasi kitoblarni ijaraga berish mezoniga tayanadi va qimmatbaho yoki bekorga joyni band qilib turadigan buyumlarni ijaraga olib foydalanish imkonini yaratadi. Nima uchun kamdan-kam hollarda zarur bo'ladigan narsalarni sotib olish kerak? Buyumlarni almashish orqali biz yangicha egalik qilish hissini yaratamiz. Bundan tashqari, buyumlarni almashish tabiiy manbalarini tejaydi hamda atrof-muhitga zararni kamaytiradi.
Gyote institutining Buyumlar kutubxonasi O'zbekistonda birinchi.
1. Nimm das Objekt, das du benötigst selbst aus der Bibliothek der Dinge und gehe zur Rezeption.
2. An der Rezeption zeige Deinen Bibliotheksausweis und Deine ID-Karte.
3. Falls Du noch kein Mitglied der Bibliothek bist, kostet dich die Mitgliedschaft nur 8€/Jahr oder 5€/Jahr, falls du Student bist.
4. Du kannst dir die Objekte aus der Bibliothek der Dinge max. 3 Wochen behalten. Nach dieser Frist müssen die geliehenen Gegenstände in die Bibliothek zurück gebracht werden.
RESERVIERUNG DER DINGE
Du kannst jedes Objekt reservieren, indem Du zur Rezeption kommst oder direkt dort anrufst +998 78 140 14 85 oder eine E-Mail an Bibliothek-Taschkent@goethe.de sendest.