Tojikistonda nemis tili o'qituvchilari anjumani

Tojikistonda nemis tili o'qituvchilari anjumani © Goethe-Institut

 

2022 yilning 22-23 sentabr kunlari Tojiokistondagi nemis tili o’qituvchilarining  anjumani bo’lib o’tadi. Anjuman Nemis tili o'qituvchilari uyushmasi, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning Tojikistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Bu yil biz bir qancha qiziqarli master klass va seminarlarni taqdim etamiz. Tojikistonlik o'qituvchilar ularda ishtirok etib, o’zlarining bilim, malaka va ko’nikmalarini yangilash va kengaytirish, shu bilan birga o’z hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’ladilar. Mamlakatning barcha hududlaridan 80 nafar nemis tili o‘qituvchilari taklif etilgan.

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.

Sana: 22.09 - 23.09.2022 
Joy: Tojikiston Milliy Universiteti
Manzil: Rudaki Avenue 17, Dushanbe 734025, Tojikiston
 

​​​​​​​