Kutubxona bo'ylab sayr

Gyote-Institut kutubxonasi xodimlari guruh tashriflariga har doim tayyor va o‘quvchilar va talabalar uchun kutubxona zali va uning fondi bilan bog`liq maxsus tematik takliflarni tashkil qilishadi.
 

Bibliotheksführung © Goethe-Institut Usbekistan


Guruhingiz uchun Gyote-Institut kutubxonasi bo`ylab sayohat  uyushtirishni xohlaysizmi? Biz o'quvchilaringizga kutubxonamiz bilan interaktiv o'yinlar orqali tanishish imkoniyatini taklif qilamiz.

Biroq, asosiy e'tibor faqat kutubxonaning joylashuvi va faoliyatiga qaratilgan emas. Ishtirokchilar kutubxonaning mavjud bo`lgan boshqa ko'plab faoliyatlari bilan tanishadilar.
Ular istalgan vaqtda Gyote-Instituti xodimlari bilan muloqot qilish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Ayni paytda Siz o‘qituvchi sifatida kutubxonamizda darsliklar, filmlar, DaF kurslari uchun uslubiy va didaktik materiallar bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

Siz va gurhingizga kutubxona bo'ylab ekskursiya tayyorlashimiz uchun Bibliothek-Taschkent@goethe.de elektron pochtasi orqali oldindan ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

Sizni ko'rishdan xursand bo'lamiz!
 

Bog'lanish

Bu Sizni qiziqtirishi mumkin

Bizni kuzatib boring