Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Banner IDT 2022© IDT 2022

XVII. Xalqaro nemis tili o'qituvchilarining kongressi 2022 yil

15.-20. AVGUST 2022, VENA / AVSTRIYA
Bu yil O‘zbekistondagi Gyote instituti Vena (Avstriya) shahrida "mit.sprache.teil.haben" shiori ostida bo'lib o'tadigan nemis tili o'qituvchilarining XVII-Xalqaro 2022 kongressida qatnashish uchun stipendiyalar ajratmoqda. Butun dunyodan 3000 ga yaqin mutaxassislar ishtiroki rejalashtirilmoqda.

IDT 2022

STIPENDIYA OLISH SHARTLARI

DASTUR 
Tadbir dasturi turli xil. Dasturning asosiy qismi seksiyalarda/bo‘limlarda ishlashdan iboratdir. 7 ta tematik blokdagi 55 bo'lim tadqiqot va ishlab chiqish sohasidagi zamonaviy dunyo yutuqlarini aks ettiribgina qolmay, balki ularni nemis tilini chet tili va ikkinchi til sifatida o'qitish amaliyotida qo'llash usullarini xam qamrab olgan. Bundan tashqari, qiziqarli madaniy dastur bilan birgalikda, albatta, butun dunyodagi nemis tili o'qituvchilariga - hamkasblari bilan tajriba almashish uchun keng imkoniyat yaratiladi.
 
Kongress dasturi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
 
ISHTIROK ETISH SHARTLARI

Innovatsion o'qitishga intilgan motivatsiyaga ega va faol o'qituvchilarga stipendiyalar beriladi. Stipendiya oluvchi o‘qituvchilarni tanlash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:

  • nemis tilini bilish darajasi B2 dan past bo'lmagan (Tillarga oid Evropaning umumiy ma`lumot doirasiga muvofiq)
  • davlat maktablarida va oliy o'quv yurtlarida nemis tilini o'qitish
  • ilmiy ma'ruza bilan 55 bo'limlardan birida nutq so'zlash yoki o'qitish amaliyoti sohasidagi tadqiqot natijalarini taqdim etish
  • nemis tili chet el tili sifatida yashash mamlakati bo'yicha multiplikator sifatida hamkorlikda ishtirok etish (O'zbekiston nemis tili o'qituvchilari assotsiatsiyasi, Oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik va boshqalar)- Gyote Instituti tomonidan tashkil etilayotgan malaka oshirish tadbirlarida faol ishtirok etish
  • motivatsion xat 
2022 yilgi Xalqaro Kongress uchun Gyote-Instituti stipendiyasi seminarda qatnashish to'lovi, sayohat uchun to’lovlar (vizani rasmiylashtirishni o'z ichiga olgan holda), turar joy, ovqatlanish va Venada jamoat transporti uchun haftalik chiptani o’z ichiga oladi 

ARIZA TOPSHIRISH UCHUN ZARUR HUJJATLAR 
Gyote-Institut stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun iltimos, bizga to'liq to'ldirilgan arizangizni yuboring. 1-QADAM
Arizani 30.04.2021 yilgacha topshirish:
  • PDF formatida to'ldirilgan shaklda
  • Ma’ruza  matni (Arizaning bir qismi) 
  • Ish joyidan ma'lumotnoma (ta'lim muassasasining muhri va joriy sanasi bilan skanerlangan hujjat)
2-QADAM
Gyote-Institutdan 15.07.2021 yilgacha tanlovning yakuniy bosqichiga qabul qilinganligingizni tasdiqlovchi hujjat
 
3-QADAM
  • Gyote-Institut stipendiyasi egalari uchun 01.09.2021 gacha Xalqaro Kongress veb-saytida belgilangan shartlar asosida havola orqali ro‘yxatdan o'tish.
  • Ma‘ruzani Xalqaro Kongress veb-saytidagi elektron platforma orqali 15.09.2021 gacha taqdim etish.

Qo'shimcha ma'lumotni O‘zbekistondagi Gyote-Institutidan olishingiz mumkin.
 
Gyote-Institutning Xalqaro Kongress-2022 stipendiyasi boshqa tashkilotdan bir vaqtning o'zida (masalan, DAAD yoki ZfA) dan stipendiya olmagan taqdirda berilishini e’tiborga olishingizni so'raymiz.

BOG'LANISH

 
Dildora Mukhammadaminova
Dildora Mukhammadaminova
Til bo’limi boshlig’i
O'zbekistondagi Gyote-Instituti
Tel. +998 78 1401470
Faks. +998 78 1401471
dildora.mukhammadaminova
@goethe.de