Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tishTo'g'ri ikkinchi darajali navigatsiyaga o'tishTo'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish
Gyote studiya 

Gyote audio- video podkast studiyasi

 

Podkastlar zamonaviy, qulay va katta ma'lumot manbaidir! Hozirgi kunda podkastlar juda mashhur bo’lib bormoqda, chunki ular yordamida yangi bilimlarga ega bo'lish, chet tilida yangi so'z va iboralarni o'rganish mumkin. Shu bilan birga, podkastlardan turli xil qiziqarli mavzularni muhokama qilish, munozaralar olib borish uchun foydalaniladi.
 
Agar Siz blogger bo'lsangiz va o'z kanalingizni yuritsangiz, Sizga albatta sifatli audio va videomateriallar kerak bo‘ladi. Shu maqsadda, Gyote-Institut audio va video kliplarni yozish uchun yangi studiyadan foydalanishni taklif etadi.
 
Ma’lumki, podkast yozib olish sifati uchun hal qiluvchi omil bu mikrofon va yozib olish uskunalari, eng muhimi, ovoz o'tkazmaydigan va reverberatsiyadan himoya qilingan xonadir.
Toshkentdagi Gyote podkast studiyasida podkastlarni qulay va sifatli yozib olish uchun barcha zarur anjomlar muhayyodir. Bu erda Siz professional jihozlangan xona va texnikani ma'lum soat, kun yoki hafta davomida ishlatishingiz mumkin. Hammasi mutlaqo bepul.
 
Gyote Podkast Studiya quyidagilarni taklif etadi:

  • ovoz o'tkazmaydigan xona
  • a'lo Wi-Fi, Skype qo'ng'iroqlari va real vaqtda video qo'ng'iroqlar uchun ayniqsa muhimdir
  • yoqimli va samimiy suhbat uchun istalgan chiroyli fon
  • 2 kishi ishtiroki uchun mos
  • ish kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha
  • Toshkent markazida qulay joyda (A. Qodiriy metro bekati)
  • foto va video olish imkoni bor 
Arizani quyidagi elektron pochta orqali yuborish mumkin: Bibliothek-Taschkent@goethe.de
 
Toshkentdagi Gyote Instituti Podkast Studiyasi haqidagi barcha tafsilotlar quyidagi telefon raqami orqali: +998 78 1401485.