Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

CLIL & MINT

"CLIL-bu fan-til integratsiyalashgan ta'lim doirasidagi ta'lim tushunchasining qisqartirilgan nomi. Amalga oshirishning turli shakllari bu kontseptsiya ortida yashiringan xilma -xillikni namoyish etadi va Evropada unga bo'lgan katta qiziqishni ko’rsatadi." (Dr. Rainer E. Wicke)

CLIL im Unterricht - Usbekistan© Goethe-Institut Usbekistan

Content and Language Integrated Learning (CLIL) - ta'limning bir ko’rinischi bo'lib, unda chet tilini o'rganish boshqa fanlar mazmunini o'zlashtirish bilan birlashtiriladi. Nemis tilida fan va tilni integratsiyalashgan holda (CLILiG),ya’ni  nemis tilini  biologiya, geografiya yoki san'at va texnika kabi boshqa fanlarning mazmuni bilan birlashtirgan holda o’rganish tushuniladi.

Nemis tilini chet tili (DaF) sifatida an'anaviy o'qitishdan farqli o'laroq, o’quvchilar nafaqat nemis tilini o'rganishadi, balki shu chet tili yordamida boshqa fanlar bo'yicha ham bilim olishadi. CLILiG, ayniqsa Evropada, pedagogik metod sifatida keng tanildi. Chegaralarning ochilishi, iqtisodiy rivojlanish va globallashuv Evropadagi CLILiGni ta'lim jarayoniga faol jalb qildi. Ayni paytda, kontseptsiya Evropadan tashqaridagi o'qituvchilarning xam e'tiborini tortdi.

CLILiGning umumiy kontseptsiyasi fanlararo o'rganish uchun mos keladigan to'rt xil yo’nalishni o'z ichiga oladi (Haataja / Wicke 2015). Bir tomondan, bu chet tili darslariga alohida e'tibor beriladigan yo’nalish bo'lib, ularda o'qituvchilar fan darslarining aspektlarini birlashtiradi.

Boshqa tomondan, uchta boshqa yo’nalish ham bor, bunda, aksincha, biz asosan nemis tili ishtirokidagi har xil darajadagi fanlarni o'qitish haqida gapiramiz.

Matematika, informatika, tabiiy fan va texnika kundalik hayotimizning ajralmas qismidir. MINT fanlari asosida o'rganish jarayoni o'quvchilarda qiziqish va motivatsiyani uyg'otadi. CLIL  uslubi Gyote Instituti nemis o'qituvchilariga mavzuga asoslangan loyiha darslariga har xil yondashuvlarni taklif qiladi.
 

CLIL & MINT CAMP 2023 © Goethe-Institut Usbekistan

CLIL & MINT CAMP 2023

O‘zbekistondagi Gyote-Institutining mazkur barqaror loyihasi 2021 yildan buyon umumta’lim o'rta maktablarda zamonaviy CLILiG (Content and Language Integrated Learning (Nemis tilini aniq fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish)) va MINT (Matematika, informatika, tabiiy fanlar va texnika) metodlari bo’yicha o‘qitishni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

CLILiG in Usbekistan © GettyImages

CLIL & MINT CAMP 2022

CLILiG - bu nima?
Afzalliklari qanday?
MINT fanlari asosida CLILiG darslarining asosiy shartlari va uslubiy asoslari qanday?
 

CLIL & MINT 2021 © Goethe-Institut Usbekistan

CLIL & MINT CAMP 2021

„Spannende (Soft)CLILiG und MINT-Angebote aus der Praxis für die Praxis“ malaka oshirish seminari O'zbekistondagi Gyote-Instituti tomonidan 2021 yil 21-26 iyun kunlari Toshkent viloyatidagi go'zal maskanda, tabiat qo'ynida o'tkazildi.