Kutubxona
Obuna
Kutubxonaga ro'yxatdan o'tish
Kutubxona kartasiga ega bolish uchun ismingizni, tug'ilgan sanangizni, telefon raqamingizni va elektron pochta manzilingizni Goethe-Institut sahifasidagi elektron sorvnomaga kiriting.
Agar siz allaqachon meinGoethe profilini yaratgan bo'lsangiz (kursingiz yoki onleihe platformasi uchun), o'sha elektron pochta manzilidan foydalaning. Elektron pochta manzilingizni tasdiqlash uchun sizga avtomatik tasdiqlovchi xat keladi. Ro'yxatdan o'tishni yakunlash uchun ID kartangizni kutubxonamizga 14 kun ichida olib keling. Shundan so'ng, sizning a'zoligingiz faollashadi va siz kutubxona kartasini olasiz. Qoshimcha malumotlar uchun quyidagi manzilimizga murojat qiling Bibliothek-Taschkent@goethe.de
Sizga shuni mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, 2020 yil 27 maydan boshlab biz kitob/materiallarni quyidagi tartibda berishni va qaytarishni boshladik:
Kitob olish:
Barcha kerakli kitoblarni quyidagi elektron pochta Bibliothek-Taschkent@goethe.de orqali oldindan buyurtma qilish mumkin.
Faqat (1) nom va kodni yoki (2) katalogdagi nomga to'g'ridan-to'g'ri ssilkani o'z ichiga olgan buyurtmalargina ko'rib chiqilishini e’tiborga olishingizni so‘raymiz. Buyurtma berishda siz o’zingizning kutubxonaga a’zolik kartangiz raqamini ham ko'rsatishingiz kerak. Kutubxona xodimlari sizning buyurtmangiz tayyorligini tasdiqlaganlaridan keyingina, uni Gyote instituti qabulxonasidan, besh ish kuni ichida olishingiz mumkin.
Izoh: Ushbu xizmat faqatgina kutubxonamizga a’zo bo’lgan foydalanuvchilar uchun taklif qilinadi.
Qaytarish:
Gyote-Institutning qabulxonasida mavjud quti kutubxonamizdan olingan materiallarni qaytarish uchun mo‘ljallangan. Har kuni bu quti bo'shatiladi. Qaytib kelgan kitoblar to'rt kun davomida karantinda bo'ladi. Faqat shundan keyingina ular „qaytarilgan“ deb belgilanadi va sizga buni tasdiqlovchi xat jo‘natiladi.
Gyote Instituti qabulxonasi ish soatlari: Du.-Ju. 8:30–17:30
Jarima:
Karantingacha olingan barcha kitoblar 2020 yil 30 sentyabrgacha uzaytirilib, hech qanday jarima olinmaydi.
Xavfsizlik choralari:
Kutubxona xodimlari Sog'liqni saqlash vazirligining tavsiyalariga amal qilgan holda muntazam qo’l yuvish va dezinfektsiyalash vositalarini, bir marta ishlatiladigan qo'lqoplar va og'iz niqoblarini qo'llash orqali materiallar bilan ishlashadi.
Yangi texnik yechim tufayli xodimlarsiz ham kutubxonadan uning ish soatlari davomida foydalanish mumkin. Kutubxonadan foydalanish, ya’ni kitob olish va topshirish xizmatlari a’zolik kartalari yordamida har bir foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Kutubxona ish soatlari:
Dushanba - juma: 09:00-18:00
Shanba: 11:00-15:00
Kutubxona xodimi ish soatlari:
Dushanba - juma: 10:00-12:00 / 15:00-17:00
Shanba: 11:00-15:00
Uyga berish shartlari:
Kitoblar: 2-3 hafta
CD, DVD, jurnallar va ma‘lumotnomalar: 1 hafta
Ma’lum vaqtga olish muddatini yangilash:
Agar boshqa o'quvchilar kutish ro'yxatida bo'lmasa olgan materiallaringizning foydalanish muddatini internetdan uzaytirishingiz mumkin.
O'zbekistondagi Gyote instituti kutubxonasida ta'mirlash ishlari tugatildi. Shu munosabat bilan, 4.12.2018 yangi kutubxona "hamma uchun ochiq" shiori ostida mehmonlarga o'z eshiklarini ochadi.
Katta, yorqin va eng zamonaviy standartlar bilan jihozlangan siz hozir sizning ixtiyoringizda. Bu yerda Sizni yangi formatdagi va qiziqarli kontentli tadbirlar kutmoqda va community table barcha manfaatdor hamkorlarni o'z fikrlarini muhokama qilish uchun taklif qiladi. Funktsional javonlar kitoblar, o'quv materiallari bilan to'ldiriladi. Bundan tashqari, bizda endi maxsus RFID-uskuna bo‘lib, unda Siz o'zingiz mustaqil ravishda vaqtincha foydalanish uchun axborot resurslarini olishingiz mumkin. Bo'sh vaqtingizni yangi kafeimizda ham o'tkazishingiz mumkin.
Nemis tili, adabiyoti va madaniyatini o'rganishdan manfaatdor bo'lganlar uchun materiallarni ma'lum bir vaqtga uyga olish yoki O'zbekistonning Gyote instituti kutubxonasida foydalanish imkoniyati mavjud. Sizga Germaniyadagi eng yangi bosma va audio-vizual materiallarni taqdim etamiz. Bunday imkoniyat orqali Siz Germaniyadagi dolzarb voqealar va mavzular haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Kutubxonamizning turli imkoniyatlaridan foydalaning!