Bizning o'quv rejalarimiz
Gyote-Institutidagi darslar faqatgina til o’rganish emas, balki u madaniyatni ham o’rganish demakdur. Siz bilan o'tkaziladigan shaxsiy suhbatda va o’tkaziladigan test sinovlarida biz Sizni tilni bilish darajangizni aniqlaymiz. Siz bilan birgalikda sizga mos keluvchi kursni tanlaymiz. Gyote-Institutidagi nemis tili darslari to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega bo’ling.
Bizning darslar
- Oqish va oqitish soxasidagi yangi yondoshish usullarini oziga qamrab oladi.
- Turli va muloqatga boy. So’zlashish, eshitish o’qish va yozishni o‘rganishda hayotiy vaziyatlarga yaqin matnlar qo’llaniladi.
- Zamonaviy va turli madaniyatlarga moslashtirilgan. Mamlakatga oid mavzular, (Internet-)Loyihalar va Ishlanishga oid vazifalar nemis tili madaniyati bilan tanishish uchun turli imkoniyatlar beradi.
- Birinchi darsdan boshlab o‘qitish nemis tilida bo’ladi.
- Bizning oqitish platformamiz innovativ va moslashuvchan.
Bizning kurslarda o’qitish tizimimiz
- 6 bosqichli xorijiy tillar bo’yicha umumevropa tavsiyalarining kompetensiya bosqichlariga asoslanadi. Bu bilan bizning o’quv kurslarida siz egallagan tilning bilish darajangiz xalqaro miqyosda tan olinadi.
- butun dunyo bo’ylab bir xil va shaffof. Kursni tamomlaganingizdan so’ng Siz bemalol o’qishingizni shu – joyda, Germaniyada yoki online tarzda davom ettirishingiz mumkin.
Bizning o‘qituvchilamiz
- aynan nems tilini xorijiy til sifatida o’qitish uchun tayorlanganlar. Bunga asos qilib o’qituvchilarni o’qitish va qayta tayyorlash programmasi DLL – Deutsch Lehren Lernen ni misol tariqasida keltirish mumkin. Ushbu programma Gyote –Instituti mutaxassislari va fan arboblari tomonidan ishlab chiqilgan.
- uchun nemis tili ona tili xisoblanadi yoki nemis tilini mukammal darajada egallashgan.
- o’zga davlat insonlari va madaniyati bilan yaqindan tanishin tajriba egalar.
- doimiy ravishda malakalarini oshirib turadilar va ushbu orqali ular nemis tilini xorijiy til sifatida oqitish bo’yicha yangiliklardan xabardordirlar.
- Sizni doimiy ravishda o’qishdagi yutuqlaringiz haqida habardor qilib kerakli tavsiyalar berib turadilar .
Bizning nemis tili imtixonlarimiz
- Bizning imtixonlarimiz xalqaro miqyosda tan olingan va bir qator ish beruvchi va ta’lim muassasalari tomonidan malaka oshirganlik sertifikati sifatida tan olinadi.
- Gyote-Institutning katta yoshdagilar uchun mo’ljallangan barcha imtihonlari Evropadagi tilni bilish darajasini tekshiruvchilari uyushmasi (ALTE) tomonidan tekshirilgan va sifat darajasiga Q-Markasi berilgan.
Bizning boshqalardan ustunligimiz
- Germniya bilan barcha soxalarda tanishing. Gyote-Institutidagi nemis tili kursida ishtirok etib siz bizning kutbxonadan, media burchagimizdan va bir qator madaniy tadbirlarimizda ishtirok etishingiz mumkin.
- Bizning mashq va muloqot uchun yaratilgan bepul Deutsch für dich saytimizdan foydalaning. Bizning nemis tili o’rganuvchilari tarmog’ida siz bir qator interaktiv o’quv va mashq materiallari bilan tanishib boshqa til o’rganuvchilar bilan aloqa o’rnatishingiz mumkin.