Darajalar A1-C2
Nemis tili kurslari va imtihonlari

  Boshlang’ich darajada tilni qo’llash
  A1
tanish, ma’lum ehtiyojlarni ifodalovchi kundalik hayotdagi iboralarni va juda oddiy gaplarni tushunadi va qo’llay oladi.O’zini hamda boshqalarni tanishtiradi, boshqa odamlarga ularning shaxsi borasida savollar bera oladi. Masalan, siz qayerda yashaysiz, qanday odamlarni taniysiz, sizda nima bor qabilidagi savollarga javob bera oladi. Suhbatdoshi sekin, dona-dona so’zlashganda va yordam berishga tayyor bo’lganda, oddiy narsalarni tushunadi. 
  A2
Ko’p ishlatiladigan, ma’no jihatdan bevosita bog’langan ma’lum mavzuga oid gap va iboralarni tushunadi (Masalan, shaxs va uning oilasi, xarid qilish, ish, atrof-muhit). Oddiy, takrorlanuvchi holatlarda, tanish va kundalik narsalar haqida sodda va to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot almashinayotganda o’z fikrini tushintira oladi. Bevosita ehtiyojlari bilan bog’liq holatlarda sodda iboralarda kelib chiqishi, ma’lumoti, bevosita muhit va narsalarni ifodalay oladi.
  Tildan mustaqil darajada foydalanish
  B1
Aniq, standart jumlalarda tanish narsalar, ya’ni ish, maktab, bo’sh vaqt va hokazolar haqida gapirilganda asosiy fikrni ilg’ay oladi. Sayohat paytida duch kelish mumkin bo’lgan holatlarda o’zini eplaydi. Tanish mavzularda va shaxsiy qiziqishiga doir sohalarda sodda va izchil jumlalarda o’z fikrini ifodalay oladi. Boshidan kechirganlari, turli hodisalar, ko’rgan tushi, orzu-umidlari, maqsad va rejalarini tasvirlay oladi, o’z reja va qarashlarini qisqacha asoslash yoki tushuntirishning uddasidan chiqadi.
  B2
Aniq va mavhum mavzulardagi murakkab matnlarning asosiy mazmunini tushunadi, o’z sohasiga doir ilmiy munozaralarni tushunadi. Tayyorgarliksiz va tutilmasdan o’z fikrini bayon qila oladi va ona tili so’zlashuvchilari bilan suhbatda ikki taraflama qiyinchiliksiz suhbat qurish mumkin bo’ladi. Keng qamrovdagi mavzularda o’z fikrini aniq va batafsil ifodalay oladi, joriy muammoga nisbatan o’z qarashini boldira oladi hamda turli imkonyatlarning foydali va zararli jihatlarni atay oladi.
  Puxta darajada tildan foydalanish
  C1
Keng qamrovli sohalarga doir murakkab, uzunroq matnlarni tushunadi, nazarda tutilgan fikrni uqib oladi. Tayyorgarliksiz, tutilmasdan sezilarli darajada so’zlarni qidirmasdan o’z fikrini bildira oladi. Ijtimoiy va kasbiy doiralarda, hayotda, kasbiy ta’lim va o’qish jarayonida tildan unumli va tutilmasdan foydalana oladi. O’z fikrini aniq, tizimli va batafsil ifodalaydi va bunda matndagi turli bog’lovchi vositalarni o’z o’rnida qo’llay oladi.
  C2
Kann praktisch alles, was er / sie liest oder hört, mühelos verstehen. Kann Informationen aus verschiedenen schriftlichen und mündlichen Quellen zusammenfassen und dabei Begründungen und Erklärungen in einer zusammenhängenden Darstellung wiedergeben. Kann sich spontan, sehr flüssig und genau ausdrücken und auch bei komplexeren Sachverhalten feinere Bedeutungsnuancen deutlich machen.