"Faust monologi" video-musobaqasi, Faustning 1-qismidan

"Faust monologi" video-musobaqasi, Faustning 1-qismidan © Goethe-Institut Taschkent

Cho, 28.08.2019 -
Cho, 18.09.2019

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

"Faust monologi" video-musobaqasi, Faustning 1-qismidan

1-punkt: Umumiy shartlar

18 yoshdan oshgan O'zbekistonda yashovchi har bir jismoniy shaxs musobaqada ishtirok etishi mumkin.

2-punkt: Musobaqa predmeti

Ishtirokchilar “Faust monologidan” sevimli parchani tanlab, uni nemis, o’zbek yoki rus tilida yod olib, ifodali o’qish va ijro san’atiga e'tibor bergan holda, videoga tushirishlari lozim. Bunda Siz Faustning 1-qismidan foydalanasiz hamda oldindan yuqorida ko’rsatilgan tillardan bittasini tanlaysiz. Video vaqti 3 daqiqadan oshmasligi zarur va uni Gulnora Usmanovaga (gulnora.usmanova@goethe.de) elektron pochta orqali yuborishingiz kerak bo’ladi. Videoroliklar Toshkentdagi Gyote institutining facebook sahifasida e'lon qilinadi.

3-punkt. Ro'yxatdan o'tish va ishtirok etish shartlari

Ishtirokchilar quyidagilarni bajarishlari shart:
- Gyote institutining web-sahifasida mavjud bo'lgan "Faust monologi" musobaqasiga oid ro'yxatdan o'tish formasini to'ldirish;
- to’ldirilgan formani hamda videoni 18.09.2019 yilgacha Gulnora Usmonovaga (gulnora.usmanova@goethe.de) yuborish zarur. Videoni yuborish uchun siz bepul www.wetransfer.com
 web-sahifadan foydalanishingiz mumkin. Ushbu internte sahifasi asosan katta fayllarni yuborish uchun ishlatiladi;
- Xat mavzusida WETTBEWERB – FAUST MONOLOG deb kiriting.


4-punkt. Tanlov

Olingan videofilmlar Toshkentdagi Gyote institutining facebook sahifasida e'lon qilinadi.

Hakamlar hay'ati quyidagi mezonlarni ko'rib chiqadi:
- ijro va ifoda sifati;
- Videorolikni internet foydalanuvchilar tomonidan ‘Ulashish’lar (Shares)  soni qo'shildi;
- hakamlar hay'ati qarori barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanib, e'tirozlar qilinmaydi.

Qo'shimcha savollar va ma'lumotlar uchun Usmonova Gulnora bilan bog'laning (gulnora.usmanova@goethe.de).
 

Ortga