Film namoyishi Medison filmi

Medison © Dor Film-West_Foto_Stefanie Leo

Pay, 06.05.2021

14:00 - 16:00

Yoshlar ijodiyot Saroyi

SHUM BOLA 2021

89 min.2019, Germaniya, Avstriya
12+
Badiiy film
Rejissyor: Kim Strobl
 
O'n ikki yoshli Medison professional velosipedchi otasi Timo singari muvaffaqiyatga erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Timo qiziga jamoaviy velosiped poygasi ma’nosini anglatuvchi Medison ismini berib, haddan tashqari ko’p talablar qo'yadi. Garchi Medison hali yosh bo'lishiga qaramay, yozgi velosport bo'yicha kichik kadrlar tayyorlash o'quv-mashg'ulotlar lagerida tayyorgarlik o’tishi kerak. Lagerda qizning sportga bo’lgan ishtiyoqi yanada ortadi. Jamoa poygasi paytida o‘z g'azabini jilovlay olmagani tufayli Madison mashg'ulotlarni tark etishga majbur bo‘ladi. Buning ustiga u endi onasi bilan Tirol tog'larida o’z tatilini o’tkazishi kerak. Ammo Medison taslim bo'lmaydi. U o'sha erda mashq qilishni davom ettiradi. To‘satdan u jarohat oladi va mashq qilishni to’xtatadi. Shu sabab velosiped poygasi asta sekin uning etibori markazidan chiqa boshlaydi. Shu yerlik yangi do'sti Viki va boshqa bolalar bilan tanishadi. Ular birgalikda tog'larda velosiped uchishadi. Aynan tengdoshlari bilan Medison ilk bor hotirjam va hech qanday bosimsiz velosiped haydashdan zavqlana boshlaydi.

Ortga