Film namoyishi Agirre Xudoning g’azabi - 1972

Verner Hersog filmlarining retrospektiv namoyishi © Goethe-Institut Usbekistan

Cho, 29.09.2021

18:30

Gyote-Institut O'zbekiston

Verner Hersog filmlarining retrospektiv namoyishi

Verner Hertsog filmlarining retrospektiv namoyishi

Rejisser: Verner Hertsog
Germaniya, Meksika, Peru
 
XI Asr, Peruning And tog’lari:  Ispan mustamlakachilari ekspeditsiyasi Inklarning afsonaviy "oltin mamlakati" ni iziga tushadilar. And tog‘lari orqali o'tib, o'rmonda qolib ketgach, jamoa rahbari bunday katta guruh bilan yo‘lni davom ettira olmasligini tushunadi va u Pedro De Ursua boshchiligida bir necha o'nlab odamlarni Daryo bo'ylab jo'natadi.  Pedroning o’ng qo’li qilib Lope De Aguirre (Klaus Kinski) ni tayinlaydi, ular oldindagi yo'lni tekshirib, qaytib habar berishlari kerak. Hokimiyat va boylik tufayli aqldan ozgan Agirre isyon ko'tarib, bir necha odamni o’ziga ergashtiradi. Hech kim uning axmoqlik va temir irodasiga qarshi chiqa olmaydi.

Ushbu film Verner Hertsog va Klaus Kinskining birgalikda ishlagan besh filmlarining birinchisi hisoblanadi. Ijodiy hamkorlik davomida ularning munosabatlari tez-tez keskinlashgan. Kinskining og‘ir xarakteri tasvirchilar guruhini va suratga olishda yordam berayotgan mahalliy aholini qiynaydi. Film Amazon daryosida hamda Peruning yomg'irli o'rmonlarida suratga olingan. Film syujeti va dialoglari minimalistik ruhda, ammo ularga  Amazon junglilarining boyligi va bepoyonligi qarama-qarshi qo‘yiladi.

Namoyish qilinadigan filmlar ro'yxati: 

Ortga