Film namoyishi Fitskarraldo - 1982 yil

Verner Hersog filmlarining retrospektiv namoyishi © Goethe-Institut Usbekistan

Cho, 20.10.2021

18:30

Gyote-Institut Toshkent

Verner Hersog filmlarining retrospektiv namoyishi

Verner Hertsog filmlarining retrospektiv namoyishi

Fitskarraldo - 1972 yil
157 daqiqa
Rejissyor: Verner Hertsog

Filmning asosiy qahramoni Brayan Suini Fitsjerald - hindular uni Fitskarraldo deb atashadi - Enriko Karuzoning sahnadagi chiqishini tinglash uchun uzoq sayohatga (Amazon bo'ylab 2000 milya) bosib o‘tib Amazonas teatriga keladi. Fitskarraldo fikru hayoli Peru o'rmoni qoq o‘rtasida haqiqiy opera teatrini qurish va u yerga taniqli opera qo‘shiqchisi Karuzoni taklif qilish g'oyasi bilan band bo‘ladi. Ushbu ulkan loyihani moliyalashtirish uchun Fitskarraldo o’zining ahmoqona ishlarini boshlaydi va o’z dugonasing so'nggi pullariga kauchuk ishlab chiqarish uchun yer maydonini ijaraga oladi. U ekspeditsiya guruhini tayyorlab Ukayali daryosi bo'yiga kemada yo‘l oladi; ammo, u yerga borish u o‘ylaganidek oson emas. Ammo Fitskarraldoda mutlaqo aql bovar qilmas g’oya tug‘iladi. 

Film juda qiyin sharoitlarda to'rt yil davomida suratga olingan. Ushbu filmda yarim mingdan ziyod Peru hindularini Hertsogning sinmas irodasi va fizika qonunlariga tayanib, butun boshli kemani tog'dan olib o’tishga muvaffaq bo‘lishgan. Tasavvur qiling: haqiqiy kema, haqiqiy tog' orqali. Hech qanday maxsus effektlar, maketlar va pavilyonlarsiz. 

"Fitzkarraldo" nafaqat Herzogning eng taniqli filmiga aylandi, balki u insonni o’z irodasiga sodiq qolishini targ’ib qiluvchi film bo'ldi.

Namoyish qilinadigan filmlar ro'yxati: 

Ortga