Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Hamkorlik shakllari

Hamkorlik modellari© Gajus – adobe.stock.com

 


Hamkorlik shakllari MISOL
DLL - Deutsch lehren lernen dasturining bir yoki bir nechta mavzularini joriy o'quv kursiga (masalan, "Chet tilini o'qitish metodikasi va ta'lim  texnologiyalari" kursida) kunduzgi shaklda kiritish
  • DLL 6 "Chet tilini o'qitish metodikasi va ta'lim   texnologiyalari" kursining bir qismi sifatida;
  • DLL 2 "Chet tilini o'qitish metodikasi va ta'lim   texnologiyalari" kursining bir qismi sifatida;
DLL modullaridan biri tanlov kurs sifatida
  • DLL 5 “O’qitish va o’rganish vositalari” tanlov fan sifatida
DLL modullaridan biri mustaqil kurs sifatida
  • DLL 6 "Darsni rejalashtirish" mustaqil fan sifatida
  • DLL 4 „Chet til o’qitishning integrallashgan kursi“ mustaqil fan sifatida;

DLL - Deutsch lehren lernen kursining davomiyligi 72 akademik soatdan iborat bo'lib, amaliyotga yo'naltirilgan loyiha (PEP) natijalariga ko'ra  va tegishli hujjatlar taqdim etilishidan kelib chiqqan holda Gyote-Instituti talabalarga dasturda ishtirokni tasdiqlovchi hujjat beradi (kunduzgi shakldagi DLL-modullariga tegishli).
  
Gyote-Institut o'z hamkorlariga DVD disklari bor bo'lgan DLL-kitoblarini  kerakli miqdordagi nusxalarini beradi (har bir kitobdan 20 nusxagacha).

Agar sizning universitetingiz Gyote-Instituti bilan DLL - Deutsch lehren lernen dasturini amalga oshirish bo'yicha shartnoma tuzishdan manfaatdor bo'lsa, loyiha koordinatori Sayyora Turakulova  Turakulova@goethe.de bilan bog'laning.