Maktablarda imtihonlar

 

GOETHE-ZERTIFIKAT B1
GOETHE-ZERTIFIKAT B2

 
Gyote-Institut imtihonlari sinfda nemis tilini bilish darajasini ishonchli baholash va o‘quvchilarni qiziqtirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
  
SERTIFIKATNING TAN OLINISHI
2019/2020 o'quv yilidan boshlab Gyote-Institut imtihonlari Gyote-Zertifikat B1 va Gyote-Zertifikat B2ga ega o’quvchilarga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko’ra,  Oliy Ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida quyidagi imtiyozlar belgilanadi:

  • Nemis tili bo'yicha kirish imtihonisiz bakalavr darajasiga hujjat topshirgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi.
  • Gyote-Institut sertifikatlari butun dunyoga tanilgan va kollejlarda ham, nemis tilida so'zlashadigan mamlakatlarning ba'zi universitetlarida ham til bilish darajasini belgilovchi hujjat sifatida tasdiqlangan. Nemis tilida so'zlashadigan universitetlarda o'qish uchun til talablari to'g'risida to'g'ridan-to'g'ri Germaniyadagi tegishli muassasadan ma'lumot olishingiz mumkin.
 
AMAL QILISH MUDDATI
Gyote B1 va B2 sertifikatlari amal qilish muddati cheklanmagan va istalgan vaqtda taqdim etilishi mumkin.
 
MODULLARGA BO‘LINGAN GOETHE B1 SERTIFIKATI
Gyote-Zertifikat B1 - bu modulli(har bir til ko’nikmasidan imtihonlar alohida topshirilishi mumkin) imtihon. Shu bilan bir qatorda, imtihonning to'rt qismining har biri uchun alohida sertifikat mavjud: tinglash, o'qish, yozish va so'zlash. Agar to'rtta modul muvaffaqiyatli topshirilsa, imtihon muvaffaqiyatli hisoblanadi. Modulli imtihon sifatida imtihonning topshirilmagan qismlari istalgan vaqtda Gyote-Institutda qayta topshirilishi mumkin.