Ishtirok etish uchun talablar

 

Loyihada qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish  o'qituvchi tomonidan ro'yxatdan o'tish arizasi orqali joriy o'quv yili davomida amalga oshirilishi kerak. Gyote-Institutda imtihon topshiruvchilar soni cheklanganligi sababli, O'quv yilining birinchi choragida topshirilgan arizalar maktab uchun tegishli imtihon sanasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Imtihonlarni topshirishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:

  • Davlat maktabi
  • Maktabda qiziqqan o'quvchilarning minimal soni: har bir daraja uchun kamida 10 o‘quvchi va / yoki
  • Shaharda yashovchi o‘quvchilarning minimal soni: kamida 20 o‘quvchi
  • Loyiha doirasida o‘quvchiga bitta darajadagi bitta imtihon topshirishga ruxsat beriladi.
Davlat maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari va kollejlari "Maktablarda imtihonlar" loyihasida ishtirok etishlari mumkin. Kasb-hunar kollejlari faqat 1- yoki 2-kursda, ya’ni 10 va 11-sinf o‘quvchilari ro'yxatdan o'tishi mumkin. Chunki bu o‘quvchilar maktabning 10- va 11- sinf o’quvchilariga to’g’ri keladi. PASCH maktablari, DSD maktablari va xususiy maktablar loyihada ishtirok etish huquqiga ega emaslar.