Samarqand shahrida
Mobil anjuman
2022 yilning 10-11 mart kunlari nemis tili o’qituvchilarining to‘rtinchi mobil anjumani bo’lib o’tadi.
Anjumanda ishtirok etish uchun Samarqand viloyatining nemis tili o’qituvchilari taklif etiladi.
Anjuman davomida Siz bir qancha qiziqarli mahorat darslari va malaka oshirish seminarlarida ishtirok etish orqali, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga Samarqand viloyatidagi o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ham ega bo’lasiz.
Anjuman Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
O’zbekistondagi Gyote Instituti Samarqand viloyatidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif etadi.
Ishtirok etish uchun ilovadagi arizani to’ldirib 01.03.2022 gacha ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.