Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Ekranlashtirilgan badiiy asarlar

Scherbenpark
© Eyeworks Film

„Ekranlashtirilgan badiiy asarlar“ („Literaturverfilmungen“) bo‘limiga adabiy asarlar motivlari asosida suratga olingan filmlar kiradi. Bu yerda turli janrlar muxlislari uchun kinoasarlar mavjud: qiziqarli triller (“Oyning qorong‘i tomoni” – „Die dunkle Seite des Mondes“), muhabbat va san’at haqida psixodrama („Agnes“), shaxsiy inqiroz vaqtlarida o‘zlikni topish haqida qissa (“Parchalar parki” – „Scherbenpark“, “Kambag‘allar” – „Die Habenichtse“, “Tepada hamma yoq tinch” – „Oben ist es still“), urush haqida drama (“Qalin daftar” – „Das große Heft“) va oilaviy komediya (“Balog‘atga yetish” – „Das Pubertier“). Batafsil rus tilida...

Peter stamm:
Agnes

martin suter:
Die dunkle Seite des Mondes/The dark side of the moon

Ágota Kristóf:
Das große Heft

Katharina Hacker:
Die Habenichtse

Gerbrand bakker:
Oben ist es still

jan weiler:
Das Pubertier/Teenosaurus Rex

Alina Bronsky:
Scherbenpark

erix kestnerning ekranlas:
katta va kichik bolalar uchun

Erix Kestner 20-asr nemis yozuvchilari orasidagi eng mashhur bolalar yozuvchilaridan biri sanaladi. Uning asarlari (ham bolalar, ham kattalar uchun) asosida Germaniyada va chet ellarda ko‘plab filmlar suratga olingan. Kestnerning romanlarida va ular asosida ekranlashtirilgan filmlarda bolalar katta yoshlilar dunyosining adolatsizliklariga va shafqatsizliklariga qarshi kurashishadi. O‘zlarining kichik yoshiga qaramasdan ular „katta“ odamlar hal qilolmaydigan muammolarga yechim topishadi. Kestnerning ancha keyinroq yozilgan romanlarida katta yoshlilar haqida ham so‘z boradi. Lekin uning barcha qahramonlarini bir narsa birlashtirib turadi: ular bolalarcha samimiylik va o‘z atrofiga nisbatan qiziquvchan nigohni keksalik davriga qadar saqlab qolishadi. Batafsil rus tilida...

Das doppelte Lottchen

DREI MÄNNER IM SCHNEE

EMIL UND DIE DETEKTIVE

DAS FLIEGENDE KLASSENZIMMER

DIE KONFERENZ DER TIERE

PÜNKTCHEN UND ANTON

SALZBURGER GESCHICHTEN