Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Komediya

Fack ju Göhte
© 2013 Constantin Film GmbH / Christoph Assmann

Komediya nemis kinematografiyasining eng kassabop janri hisoblanadi. Ushbu janrning ba’zi filmlari milliy jabhadagi kinoijaralar raqamlari jihatidan, hattoki, Hollywoodning eng ommabop filmlarini ham ortda qoldiradi, va bu haqiqatda ham ko‘p narsadan darak beradi. Biroq mazkur janr Germaniyada ancha murakkab tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Har holda, boshqa ko‘p davlatlardagiga qaraganda murakkabroq.
 
Birinchidan, gap nemis kinokomediyasi haqida ketganida, komediyani tragikomediya bilan adashtirmaslik lozim. Birinchisi ko‘pincha janrga xos qoliplar va yengil syujetlar bilan ishlaydi, shakl va mazmunning oddiyligi bilan ajralib turadi. Alohida e’tibor voqealar bo‘lib o‘tadigan joyga qaratiladi. Nemis komediyalari ko‘pincha turizm reklamasini eslatadi: kinokomediya qahramonlari mamlakatning diqqatga sazovor eng go‘zal joylarining oldida turib, o‘z munosabatlarini aniqlashtirib olishadi, kulishadi yoki yig‘lashadi. Tasvir quyosh nuriga to‘la bo‘ladi va voqealar baxtli natija bilan yakun topadi. Batafsil rus tilida...
 
Tragikomediya janrida esa buning teskarisi bo‘ladi. Ular yirik ijtimoiy kontekst bilan boyitiladi va turmushning murakkab muammolarini ko‘tarib chiqishadi. Dialoglarda qanchalik yumor bo‘lsa, shunchalik istehzo va kinoya mavjud bo‘ladi. Tragikomediya qahramonlari – ularda tomoshabinlar osongina o‘z aksini ko‘radigan butunlay oddiy odamlardir. Barcha mojarolar bo‘rttirilgan kundalik turmushga xos, voqealar ishxonalarda va xonadonlarda bo‘lib o‘tadi. Baxtli yakun bo‘lishini hech kim kafolatlamaydi.
Ikkinchidan, nemis kinokomediyasi olami beo‘xshov va qo‘pol ekanligiga tayyor turish kerak. „Hojatxona yumori“ so‘z birikmasi Germaniyadagi aksariyat komediya ijodkorlari uchun bir metafora emas, balki jinsiy munosabatlar haqida barcha ko‘rinishdagi hazillardan iborat bo‘lishi mumkin bo‘lgan oddiy haqiqat hisoblanadi. Batafsil rus tilida...

3 Zimmer/Küche/Bad

45 Minuten bis Ramallah

Fack ju GÖhte 1

Fack ju GÖhte 2

Fack ju GÖhte 3

Finn und der Weg zum Himmel

Der geilste Tag/The most beuatiful day

König von Deutschland

Lux – Krieger des Lichts

Der Nanny/The manny

Vielmachglas/A jar full of life

Vier gegen die Bank/Four against the bank