Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Nemis tili o'qituvchilari kuni – 2022

PASCH Nemis tili o'qituvchilari kunida – 2022
© Goethe-Institut Usbekistan

Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida 3-4 noyabr kunlari "Nemis tilining kasbiy istiqbollari" shiori ostida 15-O´zbekiston nemis tili o'qituvchilari anjumani (DLT) bo'lib o'tdi. Shu munosabat bilan, Toshkentga mamlakat bo'ylab maktab, litsey va universitetlardan 230 nafar nemis tili o'qituvchilari mavzu bo'yicha fikr almashish, seminarlarda qatnashish va yangi aloqalar o'rnatish uchun tashrif buyurishdi. PASCH: „Maktablar kelajak hamkorlari“ dasturi tadbirni tashkil etish va o'tkazishda faol ishtirok etdi, madaniy dasturni yaratishda o'z hissasini qo'shdi.

Nemis tili o'qituvchilari kuni © Goethe-Institut Usbekistan
Iqtisodiyot universitetida ikkinchi marotaba tashkillashtirilgan anjuman o'tgan yilga qaraganda ko'proq o'qituvchilar ishtirokida o'tkazildi. Tashkilotni nemis tilida so'zlashadigan madaniyat hodimlari (Gyote-Instituti, DAAD, ZfA, Germaniya, Avstriya va Shveytsariya elchixonalari, shuningdek, o'zbek nemis tili o'qituvchilari uyushmasi) o'z zimmalariga oldilar. Nemis tili o'qituvchilari kuni mavzusidagi plenar ma'ruzalardan tashqari, avvalgi yillarda bo'lgani kabi, to'rtta seminar slotlari mavjud bo'lib, ular davomida o'qituvchilar nemis tilini o'qitishning turli aspektlari bo'yicha mahorat darslarida qatnashishlari mumkin bo´ldi.

PASCH stendi - Nemis tili o'qituvchilari anjumanida 2022 © Goethe-Institut Usbekistan Gyote-Instituti rahbarligidagi O'zbekistondagi barcha o'n ikkita hamkor maktablardan 20 ta PASCH o'qituvchilari ham malaka oshirish uchun anjumanga kelishdi. PASCH o'qituvchilaridan biri MINT o'qitish bo'yicha mahorat darsi o'tkazdi, unda ishtirokchilar ko'plab materiallar bilan talabalar roliga kirib tajriba o'tkazdilar. Ishtirok etishning yana bir elementi PASCH koordinatori tomonidan olib borilgan ish va kasblar mavzusidagi seminar edi.

PASCH uchun muhim hodisa, shuningdek, butun dasturning diqqatga sazovor joyi Urganch shahridagi 19-sonli PASCH maktabi teatr jamoasining chiqishi bo'ldi. Birinchi kunning oqshomida o'nta talaba "Robinson kuni" spektaklini namoyish etishdi va tomoshabinlarni xursand qilishdi. Asarda juda ko'p kulgili sahnalar bo'lgan bo'lsa-da, asosiy g'oyaning maqsadi sahna so´ngida namoyon bo'ldi: u esa atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejashga da'vat edi. Talabalar tomoshabinlarga o'zlari tikkan va bo'yagan mato sumkalarini tarqatishdi.
19-sonli PASCH maktabi teatr guruhining chiqishlari
© Goethe-Institut Usbekistan