Hamkor kutubxonalar

Hamkor kutubxonalar  

 

Gyote instituti O'zbekistonda 2016 yildan buyon Andijon va Urganchda ikkita hamkor kutubxonalar bilan ishlab kelmoqda. Ushbu hamkor kutubxonalarda Germaniya bilan bog'liq dolzarb kitoblar va multimediya ma'lumotlarini topishingiz mumkin.


 

Andijon Bobur kutubxonasi va axborot markazi

Kutubxona direktori: Ismoilova Gulnora Alijonovna
Fitrat ko’chasi 232
170102 Andijon
Tel.: (998 374) 223-79-80
Fax: (998 374) 223-79-80
www.libbobur.uz
andijan@infolib.uz

andijan@libbobur.uz
  

Gyote instituti Toshkentdagi nemis o'quv zali bilan birgalikda Andijon va Urganchdagi ikkita kutubxona bilan hamkorlik qiladi. Ushbu tarmoqda mamlakatning barcha hududlarida joylashgan kitobxonlar Germaniyaga tegishli axborot vositalaridan bevosita foydalanish imkoniyatiga egalar. Asosiy mavzular: belletristika va o’lkashunoslikka oid va boshqa mamlakatlarda o'qituvchilar va talabalar uchun nemis tilini chet tili sifatida o’rgatish, pedagogika va ta'lim shakllari kabi mavzular.

Hamkorlikdagi kutubxonalar va o'quv zallari qabul qiluvchi davlatlardagi kutubxonalar tizimiga kiritilgan. Shu tariqa, hamkor kutubxonalar kutubxona uchun qulay imkoniyatlar va maxsus infratuzilmani taqdim etadi. Gyote instituti hamkor kutubxonalarga har yili ta'lim va axborot materiallarini taqdim etadi.

 
 

Xorazm axborot kutubxonasi markazi
 
A.Qodiriy ko’chasi, 2b
220100 Urganch shahri
Tel: (+998 362) 223-20-40
Faks: (+998 362) 223-20-40
www.xorazmakm.zn.uz
liburgench@infolib.uz

Kutubxona direktori: Qurbonov Raximboy Sobirovich

O’zbekistondagi Gyote-Instituti Toshkentdagi nemis o'quv zali bilan birgalikda Andijon va Urganchdagi ikkita hamkor kutubxonalar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu tarmoqda mamlakatning barcha hududlarida joylashgan kitobxonlar Germaniyaga tegishli axborot vositalariga bevosita kirish imkoniyatiga egalar. Asosiy mavzular: zamonaviy nemis adabiyoti, o’lkashunoslik va nemis tilini chet tili sifatida o’rganish va o’rgatish, pedagogika va ta'lim shakllari.

Hamkorlikdagi kutubxonalar va o'quv zallari hamkor mamlakatlarning mavjud kutubxona tizimiga kiritilgan. Shu tariqa, hamkor mamlakatlardagi kutubxonalar kutubxona uchun qulay imkoniyatlar va maxsus infratuzilmani taqdim etadi. O’zbekistondagi Gyote Instituti har yili ta'lim va axborot materiallarini taqdim etadi.

Bularning barchasi – oila! Sayyor ko´rgazma
Zamonaviy rasmli kitoblarda oila ko´rinishlari

«Bularning barchasi oila!“ – Myunhen Xalqaro Yoshlar Kutubxonasining sayyor ko´rgazmasi endi Horazm vohasida!!!

Oila haqidagi ko´plab qiziqarli hikoyalar va rang-barang rasmlardan iborat kitoblari bilan, nafaqat nemis tilini o´rganuvchilari uchun balki har bir kitob ihlosmandi uchun ushbu ko´rgazma ayni muddao.

2022-yil 14-15-aprel kunlari 19-sonli PASCH maktabi nemis tili A1+ va B1 darajasidagi o‘quvchilari bilan Urganch shahridagi Gyote Institutining hamkor kutubxonasida “Bularning barchasi oila” ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. O´quvchilarga ko‘rgazma taqdim etilib, ular bu borada ma’lumotlarga ega bo‘lgan qisqa ekskursiyadan so‘ng “Bularning barchasi oila!” ko‘rgazmasi doirasida qiziqarli mahorat darslari boshlandi.

Ayniqsa, guruhlarga bo´linib bajarilgan so‘nggi topshiriq qiziqarli bo‘ldi, bunda o‘quvchilar 10 daqiqa ichida kitob tanlashlari, o‘z tanlovlarini asosida kichkina mavzuda rollar ijro etishlari kerak edi.
Shundan keyin yana 10 daqiqa mobaynida rollarga bo´linib o'yinlar namoyish etildi.
Mahorat darslari yakunida ko‘rgazma birinchi navbatda kimga va nima uchun mo‘ljallanganligi, uning foydali tomonlari, tinglovchilarga ayniqsa qaysi kitoblarni tavfsiya etish joyiz degan 10 daqiqalik savol-javoblar bilan o´tdi.

O´quvchilar nemis tilidagi adabiyotlarni mutolaa qilish bilan birga, oila tushunchasi, ota-ona va farzand munosabatlari, tarbiyasi kabi ko´plab qiziqarli mavzularda bahs-munozara qilishdi. Ko´rgazma doirasida tashkillashtirilgan mahorat darslari o´quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Myunhen Halqaro Yoshlar Kutubxonasi va Toshkent Goethe instituti tomonidan tashkillashtirilgan ushbu ko´rgazma may oyining o´rtalarigacha sizga hamkor kutubxonamizga kelib, kitoblarni oilangiz bilan birga mutolaa qilish imkonini beradi.