Jamoalar bellashuvi Mushoiraning yangicha formati: “jamoalar bellashuvi”

Jum, 28.02.2020

19:00

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Alohida shaxslar o'rtasida o'tkazilib kelingan tanlov yangi pog'onaga ko'tarildi: biz mushoirani “jamoalar bellashuvi” formatida sinab ko'rmoqchimiz. Bu nimani anglatadi?

"Jamoalar bellashuvi" mushoiraning eng yuqori sinovi hisoblanadi. Ishtirokchilar o'z matnlarini alohida emas, balki  kamida ikki kishidan iborat jamoalarda taqdim etishadi. Har bir jamoa erkin mavzuda va janrda chiqish qiladilar. Albatta, sizga tanish bo'lgan mushoira qoidalari bu gal ham amal qiladi: har bir jamoaga 7 daqiqa vaqt beriladi, matnlar yangi, ishtirokchilar tomonidan yozilgan  bo'lishi kerak, sahnada hech qanday rekvizitlar yoki shunga o'xshash narsalardan foydalanilmaydi, chiqishlarni baholaydigan har bir til uchun uchtadan hay'at a'zolari. Ular g'olib jamoani aniqlaydilar.

Tadbir Gyote-Institutining multifunksional zalida 2020 yil 28-fevral kuni soat 19.00 da bo'lib o'tadi. Birinchi marta  g'oliblar nafaqat mukofot bilan taqdirlanishadi, balki ularga Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan "shahararo mushoira"da ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.

2020 yil 20-fevralgacha ro'yxatdan o'ting va elektron pochta orqali carlotta.rogge.extern@goethe.de manziliga ismingiz, yoshingiz, ishingiz (kasbingiz, o'qishingiz va hokazo), jamoangiz a'zolarining ismlari va matnlaringizni (o'zbek, rus yoki nemis tillarida) yo'llang.
 

Ortga