VR-Profi Hub

VR-Profi Hub © GettyImages

VR mahorat darslari va axborot tadbirlari bilan IT-kasblar olamiga qadam qo'y!

Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirish jarayonida IT-kasblar bilan tanishtirish

Maqsadli guruh: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-8-sinf o’quvchilari
Loyihani amalga oshirish muddati: 5 oy
Hududlar: Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch, Jizax, Sirdaryo viloyati

Loyiha tavsifi

IT-sanoati iqtisodiyotning eng muhim va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo’lib, ushbu sohada bugungi kunda malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Ko’p holatlarda yoshlar IT-sohasida qanday yo’nalishlar borligi, kelajakda ushbu sohada faoliyat yuritish uchun qanday ko‘nikma va malakalar kerak bo’lishi haqida aniq tushunchaga ega bo’lmaydilar. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini kasbga yo’naltirish jarayonida qo’llab quvvatlash maqsadida "VR-Profi Hub" innovatsion loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsadlar:
  • o’quvchilarga IT-sohadagi kasblar haqida ma’lumot berish;
  • ularni IT-kasblar bilan, shuningdek, Germaniyadagi IT korhonalardagi ish jarayoni bilan VR ko’zoynaklar orqali yaqindan tanishtirish;
  • o’quchilarga IT-sohasi mutaxassislari tomonidan o’tkaziladigan mahorat darslarida o’zlarining ilk dasturlarini, ilk mobil ilovalarini yaratishlariga ko’mak berish;
  • IT-sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar bilan muloqot tashkil etish;
Shu bilan birga loyiha davomida o’quvchi yoshlarga kelgusi kasb karyeralarida xorijiy tilning ahamiyati tushuntiriladi va ularni nemis tilini 2-xorijiy til sifatida o’rganishga, Germaniyada o’qish va ishlash uchun qiziqishlari oshiriladi.
Hamkorlik: Loyihani amalga oshirish uchun Gyote-Instituti O‘zbekiston hududlaridagi IT-kompaniyalar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan. Loyihada shuningdek, Germaniya universitetlari vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Loyihaning barqarorligi

Loyihaning materiallari va natijalari onlayn tarzda boshqa barcha maktablar va ota-onalarga taqdim etiladi, va loyiha yakunlangach ham ulardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Loyihaning afzalliklari

“VR-Profi Hub” innovatsion texnologiyalar yordamida o’quvchi yoshlarni kasbga yo’naltirish jarayonida qo’llav quvvatlaydi hamda ularga o‘z iste’dodi va qiziqishlarini kashf etishda yaqindan yordam beradi. Mahorat darsini o’tishga taklif etilgan yosh mutaxassis qiz tomonidan IT-sohada qizlar ham muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi ta‘kidlanadi. O’quvchi yoshlar o’zlari yaratgan ilk dasturlari bilan respublika miqyosida o’tkaziladigan tanlovda ishtirok etish imkoniga ega bo’ladilar.

Loyiha natijasini baholash

Loyiha ishtirokchilar orasida o’tkaziladigan so’rovnomalar orqali baholanadi.

Xulosa

"VR-Profi Hub" - bu virtual reallikdan (VR) foydalangan holda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo'yicha innovatsion loyiha bo’lib, u maktab o‘quvchilarining IT-kasblariga qiziqishini uyg‘otish va ularni IT-sanoatdagi turli imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan. Loyiha Gyote-Instituti tomonidan moliyalashtiriladi.


 

Bizni kuzatib boring