Tanlovlar

VIDEOWETTBEWERB © Goethe-Institut

Videotanlov «Yashil shahrim uchun mening ixtirolarim»

ISHTIROK ETISH SHARTLARI

Atrof muhitga minimal ta’sir asosida ishlab chiqarilgan Shift nemis smartfonlari, yog'ochdan ishlangan Bluetooth-Dinamik, uyali telefonlar uchun quyosh batareyalari ... Yana nima?
«Germaniya – ixtirochilar yurti» interfaol ko'rgazmasi doirasida «Yashil shahrim uchun mening ixtirolarim» nomli videotanlovimiz bo'lib o'tadi. Videoda "ixtirolaringizni" qanday qilib qiziqarli tarzda namoyish etishingiz mumkinligi to’g’risida o'ylab ko‘ring. Ijodiy g'oyalar talab qilinadi!
 
Nima haqida fikr yuritiladi?
Atrof-muhit/ ekologik barqarorlik muammolari turlicha bo'lib, ular o’z murakkabligi bilan hayotning ko'p sohalariga ta'sir o‘tkazadi. Bizning shahrimiz fuqarolar uchun hayot sifatini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishni istaydi.
Siz boshqalarni iqlim, tabiat va salomatlikni saqlashga qanday undashingiz mumkinligi, yoki ushbu mavzuga ijodiy yondoshishni namoyish etishingiz mumkinligi to‘grisida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Videoda o'z g'oyalaringizni ijodiy tarzda hayotga tatbiq eting va ajoyib sovrinlarga ega bo'ling!
 
Vazifa:
Ixtirochiga aylaning. O’z shahringiz va atrof muhitning doimiy "yashil" bo’lishini ta’minlash maqsadida shahar ekologik muammolarini yechishda qanday hissa qo’shish mumkinligi to’g’risida o'ylab ko‘ring. "Informatika, energetika, aloqa, harakatchanlik, tibbiyot, optika va material (xom-ashyo)" mavzusidagi tadqiqotlar sizni ilhomlantirishi mumkin.
 

15 yoshga to’lgan O'zbekistonda yashovchi har bir jismoniy shaxs musobaqada ishtirok etishi mumkin.

Bu quyidagicha baholanadi:
Olingan videofayllar Toshkentdagi Gyote-Institutining Instagram sahifasida e'lon qilinadi.
Hakamlar hay'ati videofayllarni ko'rib chiqib, eng yaxshilarini tanlaydi. Qaror qabul qilishda o'ziga xoslik, ijodkorlik, lingvistik ifoda va texnik amalga oshirish mezonlari hisobga olinadi.
 
Siz yutishingiz mumkin bo'lgan bosh mukofot: Oylik robototexnika kursi uchun ruxsatnoma-vaucher.
 
Arizalarni qabul qilish yakuniy muddati 2020 yil 20 fevralgacha uzaytirildi.

Biz bilan bog'lanish:
Ma'lumot uchun telefon: +99 878 1401485
E-Mail: Bibliothek-Taschkent@goethe.de