Jim Avignonning O’zbekiston bo’ylab graffiti - turnesi

Rassom, illyustrator va kontseptual rassom Jim Avignon bugungi kunda ko’proq karyera ustivor bo’lgan nemis san'atining eng noodatiy namoyondalaridan biridir.

Graffiti © Privat

 

U siyosiy elita (Establishment) bilan qayta va qayta ziddiyatlarga boraveradi, va o’zini pop-art, ko'cha san'ati, yoki dunyodagi eng tezkor rassom sifatida mashhur bo’lishga har doim ham intilavermaydi. Uning o'ziga xos xususiyatlari - yorqin ranglar, ba'zida o’tkir tanqid, noaniq material va eng muhimi aql bovar qilmas mahsulot yaratishda.

Uning rang-barang, kinoyali dadil va hamyonbop asarlari muqaddas san'at olamiga yangi jo'shqinlik bag'ishlaydi. Ular beihtiyor o'ylantirib qo'yadi va ulug'vorlikni hazil va istehzo bilan almashtiradi. Avignonning rasmlari san'at biznesini karikatura tarzida ifodalaydi, shuningdek, yuqori san'at deb ataladigan oltin ramkadan charchagan san’atsevar muhlislarga qaratilgan. "Yaxshi rassomlar muzeylarga boradilar, yomon rassomlar hamma joyga boradilar".

Avignon 20 yildan ortiq vaqtdan beri Berlinda yashaydi va ishlaydi. 90-yillarda u texno-sahna rassomi sifatida tanildi, ayniqsa ko'plab klub sahnalari dekoratsiyalari bilan. 2013-yilda u sahnalashtirilgan flesh-mob paytida East Side galereyasida ruxsatisiz o‘z rasmini bo’yab tashlagani bilan mashhur bo‘ldi. Uning san'ati DIY rejimida pop musiqasi kabi ishlaydi, ya’ni tamoshabinga zavq beradi va ularga muhitni klub uslubida etkazib berishga intiladi. Ko'p yillar davomida u Neoangin deb nomlangan guruh sifatida ham gastrollarda bo'ldi. Nyu-York Tayms gazetasi uning ovozini shunday ta'riflaydi: „Packed with cartoonish characters and clever commentaries on Berlin“s gentrification”. Injiq sarlavhalar, zarba beruvchi, tezda yuqtiruvchi melanxolik hayotdan mamnunlik tuyg’usi, hamda DIY-Charme, ya’ni “o’zing yarat” prinsipi – bularning barchasi Jim Avignonning o'ziga hos ovozi bo'lib, u chang, karton qutilar va to'lanmagan amaliyotlar haqida qo'shiqlarda jaranglaydi. Avignon shoulari bu: dabdabali voqealar: ovoz, sahna dizayni, niqoblar va o’ziga hos g’oyalar - ziyofatdan inqirozgacha, eyforiyadan telbalikgacha, qayg'udan ikki daqiqadan keyingi “ciao!”gacha bo’lgan o’ziga hos dasturdir.

Tadbirlar jadvali:

08.09.2023 Jim Avignon va Holger Beyer  Gyote institutda" Niqoblar" VR-mahorat darsi";

11.09.2023 Buxorodagi PASCH maktabida Jim Avignon va Holger Beyer  bilan "Hallo ABC" graffiti bo'yicha  mahorat darsi;

12.09.2023 Qarshi shahridagi PASCH- akademik litseyida Jim Avignon va Holger Beyer  bilan "Hallo ABC" graffiti bo'yicha  mahorat darsi;

13.09.2023 Yakkabog'dagi PASCH maktabida Jim Avignon va Holger Beyer  bilan "Hallo ABC" graffiti bo'yicha  mahorat darsi;

16.09.2023 O'zbekistondagi Gyote-Institutda ochiq eshiklar kuni. Institut devoriga  Jim Avignon tomonidan jonli tarzda rasm chiziladi. Dj: Holger Beyer;

16.09.2023-Gyote-Institutining ko'rgazma zallarida Jim Avignon ko'rgazmasi;

17.09.2023 "Artikul" galereyasida kunlik ko'rgazma.

 

Bizni kuzatib boring