Festival KINDER-UNI FESTIVAL

Kinder-Uni Festival © GettyImages

Jum, 19.11.2021

10:00 - 16:30

Gyote-Institut Toshkent

Bizning yosh bo’lajak olimlarimiz, siz bugun ilmiy karyerangizni boshlashni va nemis tilida yangi qiziqarli so'zlarni o'rganishni xohlaysizmi? Unda bizning "Bolalar universiteti festivali" aynan siz uchun.

Sizni bolalar universiteti festivalida bir-biridan qiziqarli viktorinalar va sovrinlar kutmoqda. Bu sizga “Raqamli bolalar universiteti” bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi: bu universitetga 8 yoshdan boshlab a’zo bo’lish imkoniyati bor.

Yosh tadqiqotchilar, bundan tashqari siz festival davomida qiziqarli bilimlarni kashf etasiz va nemis tili so'z boyligini kengaytirasiz.

Festival davomida siz qiziqarli tajribalarda qatnashishingiz va nemis tilini qiziqarli tarzda o'rganish sirlarini bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, biz sizga interaktiv mahorat darslari, tajribalar taklif etamiz.

"Raqamli bolalar universiteti" haqida qisqacha ma’lumot:
KINDERUNI Raqamli bolalar universiteti Gyote-Institutining 8-12 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan o'quv loyihasi bo'lib, unda kelajakning yosh daholari ilmiy faoliyatini bugunoq boshlashlari va nemis tili bilan tanishishlari mumkin. Loyihaning asosiy qismi - bu bepul onlayn ta'lim platformasi bo’lib, u interaktiv video -ma'ruzalar va qiziqarli vazifalar bilan birga olib boriladi.

Ishtirok etish uchun talablar:

Kim: 8-12 yoshli bolalar
Qachon: 2021 yil 19 -noyabr, 10:00 - 16:30.
Qayerda: Gyote institutida, Toshkent
Qanday:

1-qadam: "DIGITAL KINDER-UNI" da ro'yxatdan o'ting;

2 -qadam: Sizni qiziqtirgan fakultetni (odamlar, tabiat, texnologiya fakultetlari) tanlang;

3 -qadam: Siz tanlagan fakultetdagi barcha ma'ruzalarni ko'rib chiqing va topshiriqlarni bajaring. Agar nemis tilini endi o’rganayotgan bo’lsangiz,  unda siz o'z ona tilingizda ma'ruzalarni ko’rib, vazifalarni bajarishingiz mumkin;

4 -qadam: Siz barcha ma'ruzalarni ko'rib chiqib, topshiriqlarni bajarganingizdan so'ng sizga sertifikat beriladi. Sertifikatni kompyuteringizga saqlang va uni bizga qo’yidagi elektron pochta manziliga 10.11.2021 gacha yuboring:
Shaxnoza.Astanova@goethe.de

Elektron xatingizda o'zingizni qisqacha tanishtirishni unutmang: ismingiz, yoshingiz, kelib chiqishingiz, maktab,  ota -onangizning telefon raqami.

Ishtirokchilar soni cheklangan, festivalga birinchi 75 ta sertifikat jo’natgan bolalar taklif qilinadi.

Biz sertifikatlaringizni va sizning aktiv ishtirokingizni kutib qolamiz!

Ortga