Jam Session Goethe Jam

Goethe Jam © Goethe-Institut e.V. (über Serviceplan / GETTY IMAGES)

Cho, 12.06.2019

18:30 - 21:00

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Goethe Jam

Birinchi marta 12 iyunda Goethe Jam (ingliz tilida "jam session" deb nomlanadi) bo'lib o'tadi. Sizning musiqiy hissangizni orziqib kutamiz! Bizning ochiq sahnada hamma ishtirok etishi va qo'shiq/musiqa ijro etishi mumkin. Gyote Jam - bu musobaqa emas, balki barcha musiqa ixlosmandlari uchun tashkillashtiralayotgan kechadir. Akustik asboblarni o'ynash tavsiya etiladi. Musiqachilar yoki guruhlar ochiq sahnada birin ketin qo'shiqlarini ijro qilishadi. Sahna va ovozli jihozlar muayyan vaqt davomida musiqachilar va guruhlar tasarrufida bo'ladi, ana shu vaqt mobaynida ulardan erkin foydalanishlari mumkin. Musiqiy chiqishlardan keyin musiqa haqida tarovatli muhitda so'zlashishingiz yoki boshqa musiqachilar bilan improvizatsiya qilishingiz mumkin.

Iltimos, quyidagi ma'lumotlarni yuborish orqali 11.06.2019 gacha stephan.widenmayer.extern@goethe.de  bilan bog'laning:

Nima o'ynashni xohlaysiz?
Musiqiy guruhda o'ynash tajribangiz bormi?
O'zingiz bilan qanday musiqiy asboblarni olib kelasiz?
Qanday qo'shimcha qurilmalar Sizga kerak bo'ladi?

Ortga