Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

PASCH-Imtihonlar 2023

PASCH-Imtihonlar 2023
© Goethe-Institut Usbekistan

PASCH maktablarimizda nemis tilini o'rganayotgan o‘quvchilar uchun Gyote-Instituti imtihonlari alohida ahamiyatga ega. Imtihonlar nemis tilini o'rganishni davom ettirishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, loyihalarda, til o‘rganish kurslarida qatnashishga yoki hatto O'zbekiston yoki Germaniyadagi universitetga kirish uchun ariza topshirishga imkon beradi. Shu sababli joriy yilda 350 dan ortiq o'quvchi O'zbekiston va Tojikistonda PASCH imtihonlarida yana ishtirok etdi.

19-PASCH-o'quvchilari , Urgench © Goethe-Institut Usbekistan Ikki hafta davomida, mart oyining oxiridan aprel oyining boshigacha, Toshkentdagi Gyote institutining PASCH bo'limi va til kurslari byurosi 14 ta PASCH maktabida imtihonlar tashkil etdi. Imtihonlar  A1 dan C1 gacha bo'lgan barcha darajalarni qamrab oldi. 350 dan ortiq o'quvchilar o'z maktablarida uzluksiz tayyorlov mashg'ulotlardan so'ng imtihonlarni bepul topshirishlari mumkin edi. Imtihonlar birinchi marta o'tgan yili PASCH sheriklik maktablari loyihasiga kiritilgan uchta maktab uchun o'tkazildi.

PASCH-O'qituvchilar va imtihon oluvchilar © Goethe-Institut Usbekistan

Asosiy e'tibor A1 va A2 darajasidagi imtihonlarga qaratilgan, chunki ko'pchilik o’quvchilar bunga katta qiziqish ko’rsatadi. Ba'zi o’quvchilar, masalan, Studienbrücke loyihasida qatnashish uchun zarur bo'lgan yuqori til bilish darajalariga ham erishadilar.
Simon Kretschmer va PASCH-o'quvchilar Urgenchda © Goethe-Institut Usbekistan

Imtihonlarni tashkil qilish, ayniqsa poytaxtdan uzoqda, har doim nafaqat ishtirokchilar balki imtihon oluvchilar uchun katta sinov va mashaqqatli vaqtdir. Shuning uchun har bir kishi bosqichma-bosqich e'lon qilinadigan imtihon natijalarini intiqlik bilan kutadi. Kelgusi yil imtihonlarga tayyorgarlikni yaxshilash maqsadida biz birgalikda o’tkazilgan imtihonlardan hulosa qilib baho beramiz.