Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Mening Germaniyaga yo'lim

PASCH maktablari bitiruvchilari bilan onlayn uchrashuvlar O'zb.
© Goethe-Institut

O'tgan yildan boshlab biz Germaniyada o'qiyotgan yoki ishlayotgan va o'z tajribalari bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lgan PASCH maktablari bitiruvchilari bilan onlayn uchrashuvlar o'tkazmoqdamiz. Bu gal biz Xo'janddagi 15-sonli PASCH maktabining bitiruvchisi bilan uchrashdik, va u bizga Germaniyaga sayohati haqida gapirib berdi.

Nilufarxon Pulotova  Online-uchrashuvda © Goethe-Institut Usbekistan Maktabdan so'ng Nilufarxon Pulotova Germaniya janubida joylashgan Baden-Vyurtemberg federal yerining Ulm shahrida Au-Pair sifatida ishladi, so'ngra pandemiya davrida "ixtiyoriy ijtimoiy yil" (FSJ) dasturida ishtirok etdi. Nilufar har doim tibbiyot sohasida ishlashni orzu qilgan, shuning uchun u Ulm universitet kasalxonasida hamshiralikka o'qigan. Endi u keyingi qadamni rejalashtirmoqda: universitetda tibbiyotda o'qish. Zoom orqali Nilufar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda u bu yo'l uning uchun oson bo'lmaganligini ta'kidlab o'tdi.

Avvaliga uni qiz bolaligi tufayli Germaniyaga yolg'iz o'zini yuborishni xohlashmaganlar, uning ustiga Nilufarning tanishlari ham yo'q edi, u vatanni sog'inardi va yangi mamlakatda yangi muammolarni hal qilishda qiynalardi, ayniqsa bu madaniyatdagi farqda bilinardi.

PASCH maktablari bitiruvchilari bilan bunday tadbirlarda siz haqiqiy hayot haqida bilib olishingiz va amaliy maslahatlarga ega bo'lishingiz mumkin. Masalan, Nilufarning aytishicha, nemis tilini yaxshi bilgan holda Germaniyaga kelish juda muhim, chunki bu holatda odamlarni tushunish osonroq bo'ladi. Germaniyada ko'pchilik dialektda gaplashadi, va agar sizda yaxshi so'z boyligi bo'lsa, muloqot osonroq bo'ladi.

PASCH maktabi bitiruvchisi bilan onlayn uchrashuv © Goethe-Institut Usbekistan