Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Direktorlar uchrashuvi

Direktorlarning raqamli uchrashuvi
© Goethe-Institut Usbekistan

16.08 dan 22.08.2023 gacha Toshkent va Olmaotadagi Gyote instituti qoshidagi PASCH filiallari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi hamkor maktab va litseylar direktorlari uchun virtual uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv zoom platformasida onlayn tarzda o'tkazildi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad o‘tgan yil davomida erishilgan yutuqlarni almashish, yangi o‘quv yilida yangi maqsad va vazifalarni muhokama qilishdan iborat. Uchrashuvda ishtirokchilar boshqa hamkor maktablardagi hamkasblari bilan tanishdilar va ular yangi Direkterra platformasida bir-birlari bilan qanday muloqot qilishlari mumkinligini bilib oldilar.

Markaziy Osiyo davlatlari direktorlarining raqamli uchrashuvi © Goethe-Institut Usbekistan Direktorlar va ularning o‘rinbosarlari har ikki yilda bir marta yig‘ilib, dolzarb masalalar va muammolarni muhokama qiladilar. Shunday qilib, ishtirokchilarga PASCH tashabbusining so‘nggi uch yil davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati taqdim etildi, tashabbus yetakchilari o‘zlarining madaniy-ma’rifiy loyihalarini taqdim etdilar, PASCH o‘qituvchilari va talabalari seminarlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish va Germaniyada malaka oshirish haqida so‘zlab berishdi. PASCH maktab bitiruvchilari o'zlarining muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilishdi.

Konferensiyaning so‘nggi kunlarida hamkorlarning loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) eksperti Germaniyada kasbiy ta’lim va Berlin Erkin universiteti (FU Berlin) ma’ruzachisi Germaniyada malaka oshirish haqida ma’lumot berdi. Direktorlar va ularning o‘rinbosarlari birgalikdagi ishlarni muhokama qilib, istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashdilar.