Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

PASCH maktablarida ko'cha san'ati

  • Streetart © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 2 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 3 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 4 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 5 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 6 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 7 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 8 © Goethe-Institut Usbekistan
  • Streetart 9 © Goethe-Institut Usbekistan

Berlin strit-art rassomi Jim Avignon hamkasbi Xolger Bayer bilan O‘zbekistondagi uchta PASCH maktabiga tashrif buyurdi. Ular o‘z o‘quvchilari bilan birgalikda “Salom, ABC!” shiori ostida maktab binolari devorlarini katta rasmlar bilan bezatdilar.

"M" - "maymun", "Y" - "yangiliklar" yoki "S" - "suv". Buxoro, Qarshi va Yakkabog'dagi PASCH maktablari o'quvchilarini alifbo harflari uchun so'zlarni tanlash jarayoni va oxir-oqibat qaysi so'z maktab devoridagi tasvirga tushurilishini hal qilish oson kechmadi. Berlinlik Street Art rassomi, musiqachi va illyustrator Jim Avignon so'zlarni tanlab olgandan so'ng, uning oldida yangi vazifa, maktab yo'laklari devoriga mos naqshlarni topish va ularning ilk nusxasini yaratish, turardi. Mahorat darsi ishtirokchilari sehrlab qo'yilgandek unga tikilishardi. Tadbirning diqqatga sazovor tomoni shundan iborat bo'ldi-ki, Jim Avignon o‘z do‘sti va hamkasbi Xolger Bayer ko‘magida bo'yoqlarni aralashtirib, unga qaysi qismlarga qaysi rang berish kerakligini tushuntirib berdi.

Seminarda lug‘at bilan ishlashdan tashqari, san’at bilan interfaol shug‘ullanish va rassom bilan amaliy tajriba almashishga ham e’tibor qaratildi. Talabalarning faol ishtiroki ortiqcha tafsilotlarsiz ko'rinib turardi. Maktab binosi ichidagi bo'yalgan devorlar talabalarning nemis tilini o'rganishgagi qiziqishini yanada oshiradi, o'quvchilar va o'qituvchilarni fikrlashga undaydi va ko'pincha bo'sh bo'lgan yo'laklarga ko'proq nafas olib kiradi. 

Jim Avignon va Xolger Bayer O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyurishdi. Ularning PASCH-maktablariga sayohati, shuningdek, Gyote-Institutidagi mahorat darsi va kontserti, institut devoriga chizilgan suratlar va Toshkentda o'tkazilgan ko‘rgazma O‘zbekistondagi “Germaniya haftaliklari” doirasida o'tkazildi. Ushbu tashrif doirasida sentabr oyida Germaniyaning O‘zbekistondagi tashkilotlari tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi munosabatlarni yoritib berish maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi.