O‘zbekistondagi Gyote-Instituti Britaniya va O‘zbekiston “SVB Advisory” ijtimoiy loyihasi "Hashar week" bilan birgalikda barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirdi.
Maqsadimizga erishish va atrof-muhitimizni yaxshilash uchun tanlagan usullar va amaliyotlar haqida sizni xabardor qilishdan mamnunmiz.
Hamkorimiz "Hashar week" barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish uchun faoliyatni boshladi. Barqarorlik strategiyasini amalga oshirish doirasida batafsil audit o'tkazildi, unda bino, texnologiya, energiya iste'moli va xaridlarimiz ko'rib chiqildi. Gyote-Institut xodimlari bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.
Hamkorimiz "Hashar week" va "Safia" bilan birgalikda Gyote-Institut eko-mavzuga e'tibor qaratmoqda: biz odatlarni o'zgartirmoqchimiz va bir martalik mahsulotlarsiz ishlamoqchimiz. Safia kafesiga o'z krujkangizni olib keling va har qanday ichimlik uchun 5% chegirmaga ega bo'ling.
Bizning tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz.
Hafta harakati: | |
3 daqiqa davomida dush qabul qilish.10 daqiqa davomida dush qabul qilinganda 80-110 litr suv sarflanadi. 3 daqiqa esa kundalik dush qabul qilish uchun eng maqbul vaqt.Siz odatda qancha vaqt dush qabul qilasiz? |
© Hashar week |
Supermarketda paketlarni olmang!Oziq-ovqatlarni uyga olib kelganda, plastik paketning umri o'rtacha 10-30 daqiqagacha qisqaradi. Plastik bilan to'lib ketmaslik uchun, biz xalta, sumkalar yoki mavjud paketlar bilan supermarketga borishni taklif qilamiz, shunda siz poligonlarga boradigan plastik miqdorini kamaytirasiz. |
© Hashar week |
Tish yuvayotganda jumrakni yopib qo'ying.Stomatologlar tishlarni sifatli tozalash uchun kamida ikki daqiqa vaqt ajratishni maslahat berishadi.Agar tish tozalash jarayonida siz suvni yopib qo'ymasangiz, har daqiqada taxminan 10 litr suv isrof bo'ladi. Shunda umumiy iste'mol kuniga 30, oyiga 1200 litr va yiliga 14 400 litrni tashkil qiladi! Tish yuvayotganda jumrakni yopsangiz, siz nafaqat atrof -muhitni muhofaza qilasiz , balki o'z mablag'ingizni ham tejaysiz. |
© Hashar week |
Plastik yoki qog'ozni saralashni boshlang.O'zbekistonda bir kishi kuniga o'rtacha 1 kg ga yaqin axlat tashlaydi. Chiqindilarni saralash bu miqdorni kamida 2 barobar kamaytirish imkonini beradi.Oddiy narsadan boshlang - PET idishlar (baklajka) yoki qog'oz. Chiqindilarni qanday saralash haqida siz hasharweekdan bilib olishingiz mumkin |
© Hashar week |
Qadoq markirovkasiga e'tibor bering.Qadoq qayta ishlanishi yoki yo'qligini aniq bilish uchun supermarketda maxsulot markirovkasiga e'tibor berishingizni maslahat beramiz. Odatda u qadoq pastki qismida yoki etiketkada ko'rsatiladi.Esingizdami, O'zbekistonda qanday plastik markirovka qayta ishlanadi? |
© Hashar week |
Hojatxonada suvni tejang.Siz eng kutilmagan joylarda ekologik bo'lishingiz mumkin.Masalan, hojatxonada - ko'plab zamonaviy unitazlar ikkita tugma bilan jihozlangan. Agar vaziyat imkon bersa, hojatxonaning kichik tugmachasini bosing - shunda suv taxminan ikki marta kam sarflanadi. |
© Hashar week |
O'z krujkangizga qahva oling.Qayta ishlatiladigan krujka foydasiga bir marta ishlatiladigan stakanlardan voz keching. Gyote-Institutidagi "Safia" kafesida buning uchun chegirma berishadi. |
© Hashar week |
Bir marta ishlatiladigan choy paketlari o'rniga bargli choy.Hozir issiq kiyinish va qaynoqqina choy ichish vaqti. Lekin qadoqlangan bir martali choy emas, balki bargli choy ichingiz.Choy paketlari qulay, lekin nosog'lom - ular organizmdagi ftorli birikmalar darajasini oshiradi. Bundan tashqari, bunday choy juda ko'p chiqindini keltirib chiqaradi, chunki choy paketlari ko'pincha mayda plastmassa to'rlardan yasalgan bo'lib, ular tabiatda parchalanib ketishi uchun ko'p vaqt talab etiladi. |
© Hashar week |
Bir martalik plastikdan voz kechish!Bizning hayotimizda bir marta ishlatiladigan idish va paketlar qancha ko'p bo'lganini sezdingizmi?Qog'oz qahva stakanlari, oziq -ovqat yetkazib berish uchun bir martalik idishlar, ichimlik naychalari, nam salfetkalar va boshqalar. Bularning barchasi bizning qulayligimiz uchun yaratilgan, ammo qayta ishlatiladigan odatiy idishlarimiz o'z qo'limizda. Bu hafta e'tiboringizni turmush tarzingizda bir marta ishlatiladigan idishlarga qarating. |
© Hashar week |
Yangi ruchka o'rniga yangi sterjen.Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyo aholisining 92% oddiy sharikli ruchkadan foydalanadi.Ruchkalarning ko'pchiligi qayta ishlanmaydigan plastik korpusga ega. Agar siz pastasi tugagan ruchka korpusiga yangi sterjenni qo'ysangiz, siz nafaqat plastik chiqindilar miqdorini kamaytirgan bo'lasiz, balki pulingizni ham tejaysiz. |
© Hashar week |
Buzilgan uskunani ta'mirlash.Dunyoda har yili milliard tonnalab chiqindi ishlab chiqariladi va butun dunyo bo'ylab iste'molchilar ta'mirlanishi va yillar davomida ishlatilishi mumkin bo'lgan elektron qurilmalarni tashlab, muammoni yanada kuchaytirmoqda.Agar to'satdan ekraningiz yorilib ketsa, yoki noutbukingizda va boshqa jihozlarda biror nosozlik bo'lsa, yangisini olish uchun do'konga borishga shoshilmang, uni tuzatishga harakat qiling. Ta'mirlash - resurslarni tejash uchun muhim omil. |
© Hashar week |
Kitoblarni tashlashga shoshilmang.Ko'pincha biz keragi yo'q narsalardan xalos bo'lishga urinib, kitoblarni ham o’ylovsiz tashlaymiz. Siz ularni tashlab yubormasdan, aksincha boshqalarga berishingiz yoki do'stlaringiz va tanishlaringiz bilan kitob almashishingiz mumkin.Keyingi safar sizga kerak bo'lmagan narsani tashlayotganingizda, o'ylab ko'ring: "Balki kimgadir uning keragi bordir?" |
© Pexels |
Mobil telefon va noutbuk zaryadlovchi qurilmalarini elektr tarmog'idan chiqarib qo’ying.Ahamiyat berganmisiz, telefonni quvvatlanganidan so'ng, odatda rozetkadan chiqarishni unutib qo'yamiz, yoki tarmoq’dan chiqmaganiga umuman ahamiyat ham bermaymiz?Shu sabab telefon energiyani iste'mol qilishni davom ettiradi. Zaryadlovchi qurilmani rozetkadan chiqarsangiz, elektr energiyasini, pulingizni tejashingiz va hattoki yong'in paydo bo'lishining oldini olishingiz mumkin. Qiziqarli fakt: agar uchish rejimini yoqib qo’ysangiz, telefoningiz tezroq quvvatlanadi, bu esa o'z navbatida energiyani tejaydi. |
|
kamroq kiyim sotib oling!Qiziqarli fakt: H&M har yili taxminan 600 million kiyimlarni ishlab chiqaradi. Ularning katta qismi sotilmasdan qolib ketadi, shuning uchun 2013-dan 2019-ga qadar H&M 60 tonnadan ortiq xarid qilinmagan kiyimlar yoqib yuborilgan.Sizga uzoq vaqt xizmat qiladigan sifatli kiyimlarni sotib oling va mahalliy brendlarga, vintaj narsalarga va sekond-hend kiyimlariga ustunlik bering. Toshkent shahridagi ongli ikkilamchi iste'molning mahalliy platformalari: keling.oling, triftstor. |
|
telefonni ortiqcha keraksiz ma'lumotdan tozalang va atrof-muhitga e'tibor bering.Siz hayron bo'lishingiz mumkin, lekin bu haqiqat, qurilmangizda rasmlar, videolar va boshqa fayllar to'plami atrof-muhitga zarar etkazishi mumkin.Barcha raqamli ma'lumotlar saqlanadigan onlayn jamlanma katta miqdordagi energiyani iste'mol qiladi, bu esa uglerod izining o'sishiga olib keladi. Qurilmangizni keraksiz fayllardan muntazam tozalashni odat qiling va qurilmangizdagi xotira holatini kuzatib turishni unutmang. |
|
Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiring.Oziq-ovqat chiqindilari global muammodir. Har yili 1,3 milliard tonna iste'mol qilinishi mumkin bo'lgan oziq -ovqat mahsuloti chiqindi sifatida tashlanadi yoki isrof qilinadi.
|
|
Yangi yilni ekologiyani himoyalagan holda nishonlang!
|
|
Buzilgan uskunani ta'mirlash!Qiziqarli fakt: Har yili siz sotib olgan narsalarning 85 foizi chiqindixonaga tushadi. Bu taqdir haqida kam odam qayg'uradi. 5R qoidasi (refuse-reduse-reuse-recycle-root) narsalarni qayta ishlatish ularni qayta ishlashdan ko'ra barqarorroq ekanligini ta'kidlaydi. Agar futbolka yoki jinsida dog' paydo bo'lsa, uni bo'yashingiz yoki o'zingizning sevimli naqshingizni chizishingiz, bo'yashingiz yoki boshqa narsaga aylantirishingiz va zavq bilan kiyishni davom ettirishingiz mumkin. Nafaqat kiyim-kechak, balki poyabzal, zargarlik buyumlari va sumkalar ham ta'mirlanadi. Siz, albatta, har qanday narsani ta'mirlashingiz mumkin bo'lgan ustaxonalarni topasiz. |