Film namoyishi | Open Air Fritzi – tarixdagi burilish davri (2019)

Fritzi – tarixdagi burilish davri (2019)  

Jum, 25.09.2020

18:30

GDRda o’zgarishlar davri:
1989 - yil Leipzig. Yozgi ta'til tugab, yangi o'quv yili boshlanmoqda. Maktab hovlisida bayroq ko‘tarilib, pionerlar salomi yangrab, kundalik hayot davom etmoqda. Lekin – barchasi avvalgidek emasligi sekin asta namoyon bo’la boshlaydi. Buni o'n ikki yoshli Fritzi ham sezadi, chunki uning eng yaqin dugonasi Sofi "yozgi ta'til"dan qaytib kelmaydi.
Film bolalar uchun, Berlin devorining qulashi va Germaniya tarixining muhim qismi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Fritzi barcha narsani o'z boshidan kechiradi: davlat xavfsizligi bilan uchrashuv, dugonasini yo'qotish va "tinchlik inqilobi" namoyishlarida qatnashish.
 

Ortga