Anjuman O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XV anjumani 2022

O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XV anjumani 2022 © Colourbox.de

Pay, 03.11.2022 -
Jum, 04.11.2022

9:00 - 18:00

2022 yilning 03-04 noyabr kunlari O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XV anjumani bo’lib o’tadi.

Anjuman Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Bu yil ham biz Sizga bir qancha qiziqarli master klass va seminarlarni taqdim etamiz. Siz ularda ishtirok etib, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’lasiz.

O‘zbekistondagi Gyote Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.

Ishtirok etish uchun quyidagi formulyarni to’ldirib 05.09.2022 gacha saytda ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.

Ariza shakli
 

Ortga