Konsert Xalq musiqalari – Gyote-Institutda kontsert

Yoshlar qo'shiq kuylashyapti © Goethe-Institut Usbekistan

Pay, 28.03.2024

19:00 - 20:30

Gyote-Institut Toshkent

Nemis va o'zbek xalq qo'shiqlarining uchrashuv kechasi

2024-yil 28-mart kuni soat 19:00 da Toshkent shahrining 60-, 112-maktablari va jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti qoshidagi akademik litseyning 16 nafar o‘quvchilari Raynald Grebe va Yens-Karsten Shtoll rahbarligida konsert beradi.

18-28-mart kunlari Toshkent shahrining 60-, 112-maktablari hamda  jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti akademik litseyning 16 nafar o‘quvchilari xalq musiqalari bo’yicha mahorat darslarida saboq oladilar. Kontsert dasturiga nemis xalq qoʻshiqlari, shuningdek, oʻzbek va qisman rus xalq qoʻshiqlari kiritilgan. Seminar va kontsertni nemis musiqachilari Raynald Grebe va Yens-Karsten Shtoll olib boradilar.

Ushbu ikkala ijodkor 2016 yilda Kot-d'Ivuarning Abidjan shahrida va 2019 yili Taylandning Bangkok shahrida xalq musiqalari mahorat darslari orqali muvaffaqiyat qozonishgan.

Rainald Grebe, shuningdek, juda taniqli va muvaffaqiyatli musiqachi va kabare ijodkori bo'lib, u Germaniya va xorijda yakkaxon va ijodiy guruhlarda ko’p bora sayohat qilgan va qilmoqda.

28 mart kuni soat 19:00 da o’quvchilar Gyote Institutidagi kontsertda mashq qilingan qo'shiqlarni taqdim etadilar.

Ushbu tadbir chet eldagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA) hamda 60-maktab hamkorligida tashkillashtirilgan.

Jonli konsertimizda biz bilan birga bo'ling!
Barcha xalq musiqa ixlosmandlarini taklif etib qolamiz!

Ortga